Markaziy Osiyo mintaqasining hududlarida ayollar tadbirkolrligini rivojlantirish yo'lida

1-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

BMTTD ayollarni yanada faolroq harakatlarini rag‘batlantira borib, ularga yangi bilimlar va ko‘nikmalarni singdirib, hamda zarur resurslarni taqdim etib, davlat boshqaruvida ayollarning rolini kuchaytirib va barcha sohalarda ularning ishtiroklari uchun sharoitlar yaratgan holda ayollar tadbirkorligidan boxabarlikni oshirish ustida milliy va mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda ishlamoqda.

Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonda BMTTD 23 ta inklyuziv biznes-loyihalarni ishga tushirilishini moliyalashtirdi, natijada 123 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoni paydo bo‘ldi, ularning 49 foizi ayollar bandligini ta’minlashga xizmat qilgan. Bundan tashqari, ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf qilish bo‘yicha Konvensiya (CEDAW) vazifalari, reproduktiv salomatlik, hamda tadbirkorlik asoslariga bag‘ishlangan 690 nafar qishloq ayollari uchun treninglar o‘tkazildi.

2018 yilda mening “Rano-Sheber” korxonam tuya jungiga ishlov beradigan innovatsion qavish uskunasini harid qilish uchun BMTning Qo‘shma dasturi tomonidan moliyaviy ko‘mak oldim, natijada ko‘rpa-to‘shak buyumlari, davolash belbog‘lari, nimcha va bosh kiyimlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati tug‘ildi. Bugungi kunda biz ekologik toza mahsulot ishlab chiqarmoqdamiz. Boz ustiga, tuya jungi tananing orqa tomonidagi og‘riqni yengillashtiradi, sovuq havoda isitadi, - deydi Taxtako‘pir tumanida istiqomat qiluvchi Ulbo‘lsinoy Аnnabayeva.

Qoraqalpog‘istonning qishloq joylarida turizm va hunarmandchilik sohasidagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi tajriba bilan almashish, hamda Markaziy Osiyo mintaqasida ijtimoiy tadbirkorlik muammolariga yechimlarni izlab topish maqsadida Ulbo‘lsin Аnnabaeva joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “MАRKАZIY OSIYODА АYOLLАR BIZNESIGА KO‘MАK BERISH ORQАLI IJTIMOIY TАDBIRKORLIK” mavzusidagi Mintaqaviy xotin-qizlar biznes forumi va Ekspo-2019da O‘zbekistonni taqdim etmoqda.

Ulbo‘lsin opa shu kunlarda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashmoqda va mintaqaning qishloq hududlarida u kabi sayyohlik va hunarmandchilikni rivojlantirish sohasida ishlayotganlardan yangi g‘oyalarni olmoqda. Kelgusida uning korxonasi jungga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish uchun mahalliy ayollar va qizlarga bilimlarni tarqatishda markaz bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda u yerda doimiy asosda uch nafar mahalliy ayol ishga joylashtirildi.

O‘zbekistondagi BMTTD mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanish jarayonlariga ko‘mak berish yo‘lida gender tenglikni rivojlantirish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqda.