Hukumat qarorlari qabul qilinishida iqlim o'zgarishi hisobga olinadi

19-November, 2019

UNDP_Uzbekistan_img

15 noyabr kuni  Samarqandda “Mahalliy hokimlik organlarida qaror qabul qilishning zamonaviy metodlari va ularda iqlim o'zgarishi faktorlarini aks ettirish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturi, Global ekologik fond (GEF) va O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O'zbekiston Respublikasining qishloq joylarda energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish” qo'shma loyihasi tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilar shaharsozlik, energiya iste'moli, atrof-muhitni muhofaza qilish, turar joy infratuzilmasi, yer uchastkalari, qurilish uchun ruxsatnomalar, qurilish materiallaridan foydalanishda iqlim o'zgarishini inobatga olishni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muhokama etdilar.

Seminarda  mahalliy hokimliklar va o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda gender masalalarining ahamiyatiga e'tibor qaratildi.

Seminar ishtirokchilari aholi punktlarining ekologik maqsadli rivojlanishi bilan bog'liq talab va me'yorlarning tarqoq holda, ko'plab hujjatlarda ekani, ulardan foydalanishni qiyinlashtirishini, bundan tashqari, ularning o'zaro bog'liqligi ham ayanchli holda ekanini ta'kidladilar.

Seminar doirasida qarorlar qabul qilishda zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba haqida ma'lumotlar berildi, ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish zarurligi inobatga olindi.

Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi bo'lib boshlig'i Sayfiddin Narzuqulov:

“BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond (GEF) bilan hamkorlikdagi qo'shma loyiha ko'magi bilan ko'pikli polisterol va bazalьt tolali energiya tejamkor materiallardan keng qo'llanilgan zamonaviy uylar loyihalari ishlab chiqildi. Bu kishilarga judayam ma'qul keldi, hududiy hokimlik organlariga bunday uylarni xarid qilish bo'yicha ko'plab murojaatlar bo'lmoqda. Seminar mavzusidan kelib chiqib aytish mumkinki, Samarqand viloyatida bu yil 370 ta energiyasamarador uy qurildi. Shu jumladan, 176 tasi quyosh panellari va 2 ta uy quyosh suv isitgichlari bilan jihozlangan. Bu turdagi uylarning afzalliklari elektr energiyasi va issiqlikni tejash imkoni bilan ahamiyatli bo'lib, bu xam xonadon egasi, ham atrof muhitga foydalidir. Boisi, uglevordorod yokilg'isidan foydalanish hisobiga olingan energiya uyni yoritish va istishda ko'p miqdorda isrof bo'lmaydi va chiqindi gazlar miqdorining kamayishiga xizmat qiladi.”

“Qishloq qurilish invest” kompaniyasi mutaxassisi Radjabali Mexribon:

“Bugungi seminardan huquiy me'yorpiy hujjatlar haqida, ayollarni, xususan yordamga muhtoj, farzandini yolg'iz ulg'aytirayotgan onalarni qo'llab quvvatlashga oid judayam ko'p foydali ma'lumotlar oldim. Bizning injiniring kompaniya ishchi-xodimlarining ham taxminan 10 foizi ayollar hissasiga to'g'ri keladi. Ular asosan o'rta rahbarlik bo'g'inlari va texnik nazorat ishlarida mehnat qiladilar. Kompaniyamizda ayollarning qarorlar qabul qilishda albatta ayollarning fikr va takliflari inobatga olinadi.  «Qishloq qurilish invest» tomonidan «Qishloq qurilish loyiha» loyihalari asosida qurilayotgan energiya samarador uylarga ayollar tomonidan ham katta bildirilmoqda.”

Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari-Xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyati mudiri Sayyora Jumayeva:

“Bugungi seminar judayam dolzarb va unda ko'tarilgan mavzular, taqdim etilgan ma'lumotlar bizlar uchun ham juda foydali bo'ldi. Biz ham bu ma'lumotlarni barcha ayollarimizga yetkazamiz, ular uchun shu kabi tadbirlar tashkil etamiz. Bu esa ayollarga yangi bilimlarni o'zlashtirishga xizmat qiladi. Biz ayollarni iqtisodiyotning barcha sohalari, xususan qurilish va dizayn sohalariga ham ko'proq jalb etishimiz zarur. Joylarda rahbarlar qarorlar qabul qilish jarayonida iqlim isishi va uning ayol mehnatiga ta'sirini inobatga olishlari kerak. Bugungi seminarni mahalliy hokimlik organlari uchun ham tashkil etish maqsadga muvofiq.”

Seminarda loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari, xotin qizlar qo'mitasi va davlat idoralarining 35 nafardan ziyod vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir yakunida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tinglandi. Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan shaharsozlik, energiya iste'moli, atrof-muhitni muhofaza qilish, turar joy infratuzilmasi, yer uchastkalari, qurilish uchun ruxsatnomalar, qurilish materiallaridan foydalanishda iqlim o'zgarishini inobatga olish bilan bog'liq tavsiyalarning o'z vaqtida va samarali bajarilishi mavjud muammolarning hal etilishining o'ta muhim omillaridan ekanligi bildirildi.