Kanada jamg‘armasi Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishiga moslashishda mahalliy tashabbuslarga ko‘mak beradi

4-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

BMTning O‘zbekistondagi taraqqiyot Dasturi Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi (CFLI) ko‘magida qishloq xo‘jaligi ishlarini barqaror olib borish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarida mahalliy hamjamiyatlarni zaiflashib qolishini kamaytirishni taʼminlash uchun Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida turkum qo‘shma loyihalarni boshlamoqda. Rejalashtirilgan treninglardan birinchisi “Organik-bio dehqonchilikning asosiy tamoyillari va usullari” mavzusida “Kok suu” qishloq fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

“Kok suu” Qoraqalpog‘istonning eng uzoq va Orol dengizi qurishi va iqlim o‘zgarishi natijasida tez-tez yuz berib turadigan qurg‘oqchilikka eng moyil bo‘lgan aholi yashaydigan joylardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, aholiga asosiy daromadni chorvachilik va tomorqadagi qishloq xo‘jalik faoliyati keltiradi. Tuproqning hosildorligini oshirish maqsadida sug‘orish ehtiyojlariga suvni yetishmasligi masalasini hal etish uchun tuproq mikroflorasini qo‘llash va faollashtirish hisobiga “tirik va sog‘lom tuproq”ni yaratish intilishiga asoslangan mahalliy aholiga dehqonchilikning organik-bio tizimini qo‘llash tavsiya etilmoqda. Bunday yondashuv xo‘jalikni ozuqa moddalarini aylanishi va davriyligi aniq tartibga solingan yagona organizm sifatida qabul qilish imkonini beradi.

- Tuproq biotsenozining faolligiga dehqonchilikning organik-biologik tizimi ishining asosi xizmat qiladi, ziroatchilikdagi barcha tadbirlar uni qo‘llashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biz o‘simliklarni ozuqlantirishni taʼminlovchi mikroorganizmlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratmoqdamiz. Tomchilatib sug‘orish qurilmalarini qo‘llash esa suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanishga yordam beradi, - deya qayd etdi Baxitbay Аybergenov, BMTTD loyihasi mutaxassisi.

 

Treningda ishtirok etish uchun “Kok suu” hamjamiyatining dehqonchilikdagi yangi yondashuvlarga eng katta qiziqish bildirayotgan 25 nafar faol vakili jalb qilindi. Taqdimotlar vaqtida qishloq xo‘jaligi ishlarini olib borishning innovatsion va samarali usullari, tuproqning hosildorligini yaxshilash, noqulay sharoitlarda o‘simliklar barqarorligini oshirish imkonini beradigan mahalliy o‘g‘itlarni tayyorlash va tuproqni mulchlar bilan qoplash, tuproqni organik moddalar bilan boyitish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdim etildi. Treningning amaliy qismida 20 nafar ayol ishtirokchi organik dehqonchilik va yerlarni tomchilatib sug‘orishning xususiyatlarini diqqat bilan o‘rgandi. Ularning har biri o‘simliklarni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha sug‘orish ehtiyojlarini aniqlashtirishdagi ko‘nikmalarini namoyish qilishdi, bu esa o‘sish davrida sug‘orish meʼyorlarini aniqlash imkonini beradi. Yangi bilimlar va ularni amalda qo‘llanilishi qishloq xo‘jaligini barqaror olib borish va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga mahalliy hamjamiyatlar qaramligini kamaytirish imkonini beradi.

BMTTDning Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi bilan qo‘shma faoliyati O‘zgidormet bilan Аdaptatsion fondining amaldagi “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshiriladi.