Innovatsion yechimlarni taqdim etishga taklif qilamiz!

29-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

BMTTDning taraqqiyot massalalariga bo‘lgan yangi yondashuvi

Siz novatormisiz? Siz atrof-muhit masalalariga qiziqasizmi va bu boradagi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishni istaysizmi? Sizda Orolbo‘yi hududidagi ekologik vaziyatni va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha innovatsion yechimlar bormi? Unda, bu taklif Siz uchun!

Bu talabalar, o‘qituvchilar, innovatorlar, ekspertlar, tadbirkorlar, tadqiqotchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, keng jamoatchilik va boshqa qiziqish bildiruvchi tomonlarni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qo‘llab-quvvatlovchi yechimlarni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Sizni quyidagi yo‘nalishlardagi yechimlarni taqdim qilishga taklif qilamiz:

- ko‘kalamzorlashtirish – o‘rmonzorlashtirish, daraxtlar va boshqa o‘simliklarni ekish

- degradatsiyaga uchragan ekologik tizimlarni tiklash

- havo ifloslanishini kamaytirish

- yer, tuproq va suv resuraslaridan foydalanishni yaxshilash

- 'yashil rivojlanish'ni / 'yashil' iqtisodiyotni mahaliy darajada targ‘ib qilish

- iqlim o‘zgarishiga moslashish

- bioxilmahillikni yaxshilash

- ekologik muammolarni raqamli yechimlar bo‘yicha loyihalar

- ekologik ko‘ngililik

- ekologik muammolarni yechish bo‘yicha jamiyat nazoratini o‘rnatish

- ekologik innovatsiya/yechimlar bo‘yicha boshqa o‘z yo‘nalishingiz

Taklif qilingan yechimlar Orolbo‘yi hududi ekologik sharoitlarida qo‘llanish uchun to‘g‘ri kelishi, isbotlovchi konsepsiyaga ega bo‘lishi va dastlabki tajriba sinovlaridan so‘ng keng ko‘lamda tadbiq qilish uchun mo‘ljalangan bo‘lishi kerak. Tanlab oligan yechimlar mualliflari ushbu chaqiriq natijalari bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar tadbiriga taklif qilinadi. Ushbu yechimlar BMTTD Akselerator laboratoriyasi eksperimentlar portfoliosiga qo‘shilishi, qo‘shimcha mukammlashtirilishi va natijada keng miqiyosda amaliyotga tadbiq qilinishi uchun taklif qilinishi mumkin.

O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining Akselerator Laboratoriyasi

BMTTD global muammolarni jumladan iqlim o‘zgarishi va tengsizlik muammosini yechishga qaratilgan yangicha yondoshuvlarni tajriba qilish va keng qo‘llash maqsadida global innovatsion tarmoq tuzdi va bu tarmoq o‘z ichiga dunyo bo‘ylab tashkil etilgan 60 akselerator laboratoriyalarni qamrab oladi. Ushbu laboratoriyalar – bu BMTTDning rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvidir. Laboratoriyalarning maqsadi bu mahalliy g‘oyalarni yangi ma’lumotlar va real vaqt rejimida tajribalar o‘tqazish bilan birlashtirib rivojlanishning murakkab masalalariga yechimlar topish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sur’atlarini jadallashtirishdan iborat.

Akselerator laboratoriyalar mahaliy innovatsiyalarga asoslangan holda yechimlar portfoliosini taqdim qiladi. Shuning uchun xam, yechimlar ko‘lamini kengaytirishda O‘zbekistondagi Akselerator laboratoriya davlat organlari, NNT, xususiy sektor va boshqa maxaliy tashkilotlar bilan hamkorlikka tayanadi va o‘zaro hamkorlik sa’i-harakatlarimizni yanada kuchaytirishiga ishonadi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Jismoniy shaxslar: tadbirkorlar, novatorlar, talabalar, o‘qituvchilar va boshqa entuziastlar

Tadqiqot tashkilotlari

Oliy o‘kuv yurtlari

Nodavlat notijorat tashkilotlari

Startaplar, korxonalar va rivojlanish masalariga yechim taklif qila oluvchi barcha qiziquvchi shaxslar

Tanlov mezonlari

• innovatsion yondashuv

• maxaliy kontekstda dolzarblik

• maxaliy darajadagi ta’siri

• atrof-muhitga ijobiy ta’siri

• amalga oshirish imkoniyati

• kengaytirish va ommalashtirish istiqboli borligi

Ro‘yxatdan o‘tish va taqdim etish:

Iltimos, yechimlar va takliflaringizni quyidagi formalarni to‘ldirish orqali taqdim eting:

Qoraqolpoq tilida -  https://forms.gle/q3kVtUauZoPM5aRC9

O‘zbek tilida - https://forms.gle/AoCAfF6EaT6hqfrB8

Rus tilida -  https://forms.gle/ioubCEK8pktcc3dP7

Ingliz tilida - https://forms.gle/FZzWxkdeCfnXXdGs5

Takliflaringizni taqdim etishning muddati  - 2020 yil, 20 yanvar

Aloqa uchun: acclab.uz@undp.org

BMTTDning Akselerator laboratoriyasi: 21- asr uchun taraqqiyotning yangi yondashuvi!