Birgalikda zo'ravonlikka chek qo'yaylik

25-November, 2019

UNDP image

Xalqaro miqyosda, har yili  25-noyabr Butunjahon ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni deb e'lon qilingan. Mazkur kunni nishonlash doirasida,  25- noyabrdan 10-dekabrga qadar “Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish bo'yicha 16 kun faollik” o'tkazilib,  jahon hamjamiyati e'tibori  ayollarga bo'lgan tazyiq va zo'ravonliklarga qarshi kurashishga qaratiladi.

Bu yil O'zbekistonda ayollarni qo'llab-quvvatlash borasida tarixiy Qonunlar qabul qilindi. “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” va “Ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" gi Qonunlar shular jumlasidandir. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonda ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini xalqaro miqyosda xam tan olinishiga sabab bo'layapti.