“Yashil ipoteka mexanizmlari” mavzusi Buxoroda taqdim etildi

22-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

Buxoro shahrida joriy yilning 21 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, BMT Rivojlantish dasturi va Global ekologik jamg‘armalarining hamkorlikdagi “O‘zbekistonning qishloqlarida energotejamkor uylar qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida bank sohasidagi mutaxassislar uchun “Yashil ipoteka mexanizmlari” mavzusida biznes-trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu treningning ochilish marosimida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Munteanuning so‘zlagan nutqiga ko‘ra: “Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad bu – O‘zbekistonning qishloqlarida yashovchi aholi turmush tarzi sifatini yengillashtirish uchun, ularning xayoti uchun yaxshilangan va kam xarajatli sharoitlarga ega hamda atrof muhitga zarar yetkazmaydigan yashash sharoitlari bilan ta’minlashdir. Loyiha O‘zbekistonda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan qishloqlarda uylar qurilish sohasini issiqhona gazlar emissiyasini kamaytirishni ta'minlashga qaratilgan yanada barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tkazish hisoblanadi”.

Yuqoridagi treningda “Qishloq qurilish bank”,”Sanoat qurilish bank”, “Ipoteka bank” va boshqa banklarning 30 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Ularga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda “yashil” ipotekaning mohiyati va maqsadi, afzallik va mexanizmalari tushuntirib berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga “yashil” ipotekaning qishloq xududlarda namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilishi to‘g‘risidagi Davlat dasturi doirasida moliyalashtirilish tartibi va sxemalari bo‘yicha ma'lumot berildi.

“Yashil” ipoteka bu - bank mahsuloti bo‘lib, uning yordamida iste'molchi energotejamkor va past uglerodli, qurilishida energotejamkor materiallardan tashqari o‘z uyini yetarlicha yoritib va issiq suv bilan ta'minlab bera oladigan mustaqil elektroenergiya manbai bo‘lib hisoblanadigan quyosh panellari o‘rnatilgan uylarni xarid qilishi mumkin. Elektroenergiya va uyni isitish xizmatlarida pul mablag‘larini iqtisod qilinishi bunday uylarning afzallik tomoni bo‘lib, buning natijasida uy xo‘jaliklari va atrof muhit o‘zlari uchun uyni yoritish va isitish uchun ko‘p miqdorda energiyaning yoqilmasligi, uglevododorod yoqilg‘isining yoqilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqhona gazlarining kamayishi ko‘rinishidagi foydaga ega bo‘lishadi.

Bo‘lib o‘tgan treningda “yashil” ipoteka bank muassasalari uchun ham qishloq xududlaridan yangi mijozlarni jalb qila oladigan hozirgi kundagi zamon va yuqori ekologiya talablariga javob bera oladigan bank maxsuloti taklif qilinishi xisobiga foydali vosita ekanligi ta'kidlandi. Uy-joy qurilish ob'ektlarining 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab majburiy tarzda energosamarador va energotejamkor jihozlar bilan o‘rnatilish tartibini joriy qilinishini nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini e'tiborga olgan holda, ushbu bank mahsuloti o‘z vaqtida amalga tadbiq qilinmoqda.

 

“O‘zbekistonda energotejamkor qishloq uylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi rahbari Murod Rasulovning so‘zlariga ko‘ra, xozirda boshlang‘ich 5 ta xududlarda (Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida) 800 ta bir qavatli qishloq uylari “yashil” ipotekadan foydalanilgan holda xarid qilingan bo‘lib, shundan 53% ni ayollar tashkil qilishi kuvonarli holatdir. Mazkur loyihaning Buxoro viloyatida ijobiy tadbiq qilinishi va qurilish korhonalarining yuqori professional darajasini e'tiborga olgan holda, tajriba tarzda 2020 yilda Buxoro viloyatida birincha marta past uglerodli ko‘p qavatli ko‘p xonadonli uylarning qurilishi rejalashtirilmoqda. Aynan shu tajribadan kelib chiqqan holda, loyiha butun mamlakat bo‘yicha past uglerodli ko‘p xonadonli uylarning moliyalashtirilishida ishtirok etishni boshlaydi.

Treningda ishtirok etgan bank xodimlari mamlakatimizda xozirgi kunlarda olib borilayotgan muxim iqtisodiy islohotlar jarayonida o‘zlari uchun bank idoralarining yangi maxsuloti bo‘yicha kelgusidagi ishlarida qo‘llay oladigan yanada keng ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.