Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati oshirilmoqda

4-October, 2019

UNDP Image

Joriy yilning 23-24 sentyabr kunlari BMTTD hamda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK), O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida Markaziy Osiyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligiga bag‘ishlangan “Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini oshirish” mavzusida 2 kunlik mintaqaviy trening tashkil etildi. Treningda ishtirok etgan 20 dan ziyod mutaxassislar xalqaro sifat standartlarini tatbiq qilish hamda sarxil meva-sabzavotlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va salohiyatlarini oshirdilar.

O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish sohasini diversifikatsiya qilish hamda eksportni rivojlantirish bo‘yicha o‘lqan sa’y – harakatlarni amalga oshirmoqda hamda qishloq xo‘jaligi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi ko‘plab fermerlar va qishloq oilalarining daromad manbasinini belgilab beruvchi iqtisodiyotning muhim sektori sifatida qabul qilinmoqda. Bunday o‘zgarishlar esa zamonaviy qishloq xo‘jalik amaliyoti, oziq – ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, o‘simliklarning salomatligi shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining savdosining barqarorligini ta’minlashda halqaro sifat standartlari bo‘yicha sezilarli darajada salohiyatni oshirishni talab qiladi.

 

Ushbu masala bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur mintaqaviy trening O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi bo‘lib, unda Belgiya, Slovakiya va Niderlandlardan tashrif buyurgan halqaro mutaxassislar qatnashdilar va BMT YeIK sifat standartlari, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan yevropa talablari, shuningdek, agromahsulotlarni tekshirishlar tizimiga muvofiqligi va sertifikatsiyasi, “daladan dastruxongacha” mohiyatiga asoslangan oziq-ovqat mahsulotining sifatini ta’minlash va tartibga solish ishlari (Belgiya tajribasi asosida), bozorni topish va savdoni tashkillashtirish kabi tijoriy jihatlarni o‘z ichiga olgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarga ta’lim berdilar.

Maxsus tayyorlangan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning sifatini nazorat qilish hamda BMT YeIK sifat standartlariga muvofiqligini aniqlash usullari bilan tanishdilar. Mutaxassislar Markaziy Osiyoda eng ko‘p eksport qilanayotgan mahsulotlardan olxo‘ri, pomidor va tarvuzlarning misolida ishtirokchilarni tegishli mahsulotni sifat standartlariga muvofiq tasnifini ta’minlashga o‘rgatdilar.

Savdo rivojlanishi sohasiga oid BMTTDning faoliyati 2017—2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, shuningdek BMT aʼzo davlatlari tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq  holda amalga oshirilmoqda.

***

BMTTDning “Savdo rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish - Faza III” mintaqaviy loyihaning milliy komponenti boʻlib, aholi daromadlarini oshirish, ish oʻrinlari barpo etish va eksportni kengaytirishga qaratilgan.