Akkselerator laboratoriyasi deb nomlangan yangi tashabbusning taqdimoti

9-October, 2019

--- Image caption ---

Joriy yilning 7 oktabr kuni BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda «Akkselerator laboratoriyasi» deb nomlangan yangi tashabbusni yo'lga qo'yishdi. Uni rasman ishga tushirish marosimi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazida bo'lib o'tdi.

BMTTD butun dunyodagi hamkorlar bilan birgalikda XXI asrning rivojlanish vazifalari uchun sinovdan o'tmagan yondashuvlarni sinab ko'rish va ijodiy yechimlarni almashish uchun BMTTD Akselerator Laboratoriyalar 60 global tarmog'ini taqdim etadi. Mazkur laboratoriyalar BMTTD ning rivojlanish sohasidagi faoliyatiga tubdan yangicha yondashuv bo'lib, mahalliy yechimlarni, yangi ma'lumotlar va eksperimentlar manbalarini, shuningdek, dinamik va o'zaro bog'liq vazifalarni hal etishni o'zida mujassam etib, qisqa muddatda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ijobiy hissa qo'shadi.

Bunday laboratoriyalardan biri O'zbekistonda Qatar davlati va Germaniya Federativ Respublikasi ko'magida o'z faoliyatini boshladi. O'zbekistonda Akselerator Laboratoriya hududlarda ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni yanada kengroq qo'llash istagini qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, yangi g'oyalarni aniqlash, takomillashtirish va sinovdan o'tkazish orqali joriy innovatsion loyihalar portfelini kengaytiradi. Inson farovonligi uchun eng yaxshi yechimlarni taklif qilish maqsadida, Laboratoriya a'zolari sinalmagan yondashuvlarni katalizatsiya qilishga tayyor.

 «Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari orasidan aynan O'zbekiston Akselerator  Laboratoriya uchunsaralangani bejiz emas. O'zbekiston keng ko'lamli islohotlar yo'liga qadam qo'ydi va o'zining rivojlanish strategiyasida innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi yondashuvlarni joriy etdi» - dedi BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim.

BMTTD so'nggi 26 yil mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston xalqi farovonligini ta'minlash uchun hukumat va nohukumat tashkilotlariga bilim, tajriba va resurslarni olishda ko'maklashish maqsadida o'z faoliyatini amalga oshirmoqda.

Taqdimot marosimida 50 dan ortiq mehmon ishtirok etdi. Ular orasida hukumat vakillari, nohukumat tashkilotlari, xalqaro hamkorlar, diplomatik missiyalar va ekspertlar. Ular Akselerator Laboratoriyaning missiyasi va maqsadlari, shuningdek, kelgusi davr uchun ish rejasi bilan tanishdilar. Laboratoriya rivojlanish muammolarini hal qilish uchun milliy va xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.