“Startap Tashabbuslari” dasturi: sizning muvaffaqiyat sari ilk qadamingiz

24-September, 2019

startups_undp

2016 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan“Startap-tashabbuslari” dasturi yoshlarni o‘z startaplarini yaratishga hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan.

19 sentyabrda O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining to’rtinchi davrida ishtirok  etish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Dastur BMT Taraqqiyot Dasturining va Savdo-sanoat palatasining qo‘shma faoliyati natijasi bo‘lib, joriy yilda to’rtinchi marotaba O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, IT-Park va O’zbekiston Savdo-sanoat palasi bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining Rossiya Federatsiyasi moliyalashtirayotgan “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish” qo’shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda eng yaxshi loyihalar startapni  yaratishga oid bilim va tajribadan tashqari o‘z loyihalarini rivojlanitirish uchun dasturning korporativ hamkorlari resurslaridan foydalanish imkoniyati va mukofot pullariga ham ega bo‘ladilar.

“Startap Tashabbuslari” dasturi koordinatori Usmon Rahimjanovni so'zlariga ko'ra, oldingi davrlar tajribasidan kelib chiqgan holda, asosiy e'tibor saralab olingan startap loyihalari jamoalari bilan yaqinroq ishlash, mutaxassislar va ekspertlar bilan maslahat uchrashuvlari o'tkazish va startap loyihalarini amalga oshirishda jamoalarni kuzatib borish uchun murabbiylarni jalb qilishga qaratiladi. Mutaxassislar loyiha g'oyalarini tasdiqlash, qiymat takliflari va loyiha tahminlarini tekshirish, MVP (mahsulotning kichim ishchi modeli) ni yaratish, loyihaning biznes modelini ishlab chiqish, savdo kanallarini topish va sarmoyachilarga taqdimotni tayyorlash bo'yicha maslahat beradilar.

Bu yil Toshkentdan tashqari Farg'ona, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida ham o’quv-mashg’ulotlar va mahorat darslari o'tkaziladi. Har bir hududda qo'llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun 20 tagacha eng yaxshi loyihalarni tanlash rejalashtirilgan.

Eng muvoffaqiyatli loyihalar jamoalari "Demo day" (Taqdimot-kuni) yakuniy tadbirida o'z loyihalarini istiqboldagi sarmoyachilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Eng yaxshi loyihalarga rag’batlantiruvchi sovg’alar va o'z startaplarini amalga oshirish uchun beg’araz pul mukofotlari beriladi.

Qo'llab-quvvatlash dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-sonli qarori bilan tasdiqlangan vazifalarni bajarish, ya'ni kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Arizalarni qabul qilish yakuniy muddati - 2019 yil 6 oktyabr. Imkoniyatdan foydalaning!

Dastur haqida ko'proq ma'lumotni bizning Facebook sahifamizda va Telegram kanalida va http://startup.mehnat.uz orqali olishingiz mumkin.

Aloqa axboroti: +998 90 317-39-59 Usmon Raximjanov, “O'zbekistonda yoshlarning bandligiga ko'maklashish” loyihasi, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo'nalishi menejeri

Vebsayt: https://bit.ly/2mhP7hN