Qoraqalpogʻistonda jami 2 080dan ortiq sogʻliq muhofazasi masalalari boʻyicha koʻngillilar faoliyati

19-September, 2019

UNDP Image

1960 yilgacha jahonning eng yirik berk suv havzalaridan biri boʻlgan va maydoni 68,9 kvadrat kilometr, suvining hajmi 1083 kub kilometr boʻlgan Orol dengizini qurishi kamqonlik, buyrak va jigar yetishmovchiligi, oshqozon-ichak, yurak-qon tomirlari, nafas olish yoʻllari va boshqa kasalliklarni tarqalishiga olib keldi. BMT Koʻngillilari salomatlik masalalarida mahalliy koʻngillilarni oʻqitib, BMTning Orolboʻyi hududidagi Qoʻshma dasturini amalga oshirishga koʻmak berib kelmoqda.

Qoraqalpogʻistonda jami 2 080dan ziyod sogʻliq muhofazasi masalalari boʻyicha koʻngillilar oʻqitildi. Bu esa 23 345ta uy xoʻjaliklarida yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, nafas olish yoʻllari kasalliklarini profilaktika qilish, hamda onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan mavzularga doir 14 683ta uchrashuv oʻtkazish imkonini berdi.