BMT TD Davlat-xususiy sheriklik uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda

23-May, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilning 10 mayida oxirgi ikki yil davomida ishlab chiqilgan va muhokama qilingan «Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi. 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi vazifalarini amalga oshirishda o‘zaro foydali hamkorlik samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish  davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish doirasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

DXSH to‘g‘risidagi qonun xalqaro sheriklar, shu jumladan, DXSh to‘g‘risidagi yangi Qonun tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va uning Konsepsiyasini ishlab chiqqan hamda uni jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishiga ko‘maklashgan BMT TD ning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan birgalikdagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiyaga oid muhitni takomillashtirish» mavzusidagi loyihasining ekspert ko‘magida ishlab chiqilgan. 

Davlat-xususiy sherikligining asosiy vazifasi O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun davlat va xususiy sheriklarning samarali o‘zaro harakatlanishi uchun sharoit yaratish hamda iqtisodiyotga davlat va xususiy sheriklar resurslarini jalb qilish hisobiga xususiy investitsiyalarni jalb qilish  hisoblanadi.

Bu qonun infratuzilmaviy loyihalar – yo‘llar, aeroportlar, kasalxonalar, maktablar, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlov berish, quvvatning yangilangan manbasi va h.k.da  hukumat, jamiyat va biznes-hamjamiyat o‘rtasidagi o‘zaro harakatning yangi tamoyillarini ishlab chiqishda muvaffaqiyatli qadam bo‘lishi zarur bo‘luvchi DXSh ga asoslangan loyihaga bosh sabab bo‘ladi.

Qonun loyihalarni moliyalashda yangi imkoniyatlarga ko‘maklashadi va O‘zbekistonga mahalliy bo‘lganidek, chet el investorlarining diqqat nazariga tushishini ta’minlaydi. Endi biznes iqtisodning anchagina katta miqdordagi sohasida taqdim etilish imkonini oladi, bu esa mamlakatda potensial investitsion loyihalar miqdorini keskin ko‘paytiradi.  
Bu qonunni qabul qilish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va qator harakatlarga erishishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, shu jumladan:

8-BRM. Munosib ish va iqtisodiy o‘sish

8.10-vazifa. Milliy moliyaviy muassasalar qobiliyatini mustahkamlash, barcha uchun bank, sug‘urta va moliyaviy xizmatlardan foydalanish huquqini kengaytirish. 

9-BRM. Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va  infratuzilma

9.2-vazifa. 2030 yilga kelib sanoatning keng qamrovli va barqaror rivojlanishi hamda resursni saqlovchi va ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash bilan mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish, ishlov beruvchi sohalarni o‘zib ketadigan tarzda rivojlantirish hisobiga uning yalpi ichki mahsulot (YaIM) dagi ulushini ahamiyatli tarzda o‘sishiga ko‘maklashish.

9.4-vazifa.  2030 yilga kelib barcha manfaatdor mamlakatlarning individual imkoniyatlariga muvofiq ularning ishtiroki bilan toza va ekologik  xavfsiz texnologiyalar hamda sanoat jarayonini hiyla keng qo‘llash va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisobiga ularni barqaror qilgancha infratuzilmani zamonaviylashtirish va sanoat korxonalarini qayta jihozlash.

Qonun  2019 yilning iyunida kuchga kiradi.

Qonun matni