Iqlim oʻzgarishini qanday toʻxtatish mumkin: 8 mamlakat oʻquvchilari oʻz loyihalarini taqdim etdi

13-May, 2019

2019 yilning 25-27 aprel kunlari Qozogʻistonda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun “Iqlim oʻzgarishi” mavzusi boʻyicha 2-Xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida “Iqlim oʻzgarishi” muammosi boʻyicha oʻquvchilarning ekologik loyihalari 1-xalqaro tanlovini yakunlari eʼlon qilindi.

Iqlim oʻzgarishi muammosi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eng muhim global muammolardan biri ekanligi tan olindi. Uning oqibatlari jahonning barcha mamlakatlari va mintaqalarida sezilmoqda, shu oʻrinda qayd etish joizki, har bir inson sayyorada yuz berayotgan voqea-hodisotlarga u yoki bu darajada javobgardir.

Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va oʻzining uglerod izini pasaytirish uchun insonlar yoshlik chogʻidanoq tegishli bilimlarga ega boʻlish lozim. Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va uning hamkorlari oʻquv dasturi sifatida foydalanish uchun “Iqlim sandiqchasi” nomli oʻquvchilar uchun “Iqlim oʻzgarishi” mavzusidagi oʻquv-oʻyin materiallari toʻplamini ishlab chiqdi.

2014 yilda boshlangan “Iqlim sandiqchasi” loyihasi hozirgi kunga kelib, haqiqiy xalqaro loyiha boʻlib, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 8ta mamlakatni qamrab olmoqda. Oʻzbekistonda u 2018 yilning may oyida BMTTDning Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasi doirasida boshlangan edi.

Olmat-ota shahrida 2019 yilning 24-27 aprel kunlari boʻlib oʻtgan pedagoglarning konferentsiyasida ishtirok etish uchun iqlim oʻzgarishi, sof energetika, suv resurslari masalalari boʻyicha yetakchi ekspertlar, hamda turli mamlakatlardan, shu jumladan, Oʻzbekistondan pedagoglar, uslubiyatchilar va maktab taʼlimi tizimi vakillari kelishdi. Majlislar mobaynida mintaqa mamlakatlarida “iqlim oʻzgarishi” mavzulari va iqlimiy maʼrifatni targʻib qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, “Iqlim sandiqchasi”dan turli sinflardagi darslarda va maktabdan tashqari dasturlar doirasida foydalanish boʻyicha tajriba taqdim etildi.

Konferentsiya doirasida “iqlim oʻzgarishi” muammosi boʻyicha oʻquvchilar loyihalarining 1-xalqaro tanlovini yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston kabi 8 mamlakatning 40 nafardan ortiq oʻquvchi yoshlari oʻz loyihalarini koʻrib chiqish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etdilar. Ishtirokchilar issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirish va suvni tejash boʻyicha innovatsion gʻoyalarini ilgari surdilar.

Oʻzbekiston nomidan Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligining Respublika oʻquv markazi, Oʻzbekistondagi BMTTD va Oʻzgidromet ishtirokida 2019 yilning 9 aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri maktablari oʻquvchilari uchun iqlim masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovining gʻoliblari ishtirok etdi. Xalqaro tanlov hayʼati Oʻzbekistonlik bolalarning mazkur mavzu boʻyicha qiziqishlari va oʻz hududlarida iqlim barqarorligini oshirish, uglerod izini kamaytirish va suvni tejash boʻyicha ularning gʻoyalarini yuqori baholadi.  

Toshkentdagi 233-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Amirbek Roʻzimahamedov koʻchatlarni yetishtirish uchun “jonli” va “oʻlik” suvni ishlatish boʻyicha oʻzining ixtirosini taqdim etdi va “Iqlim sandiqchasi” Xalqaro tanlovining gʻolibi boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi 1-son maktabning 10-sinf oʻquvchisi Biybixon Soliyeva ichimlik suvini tejash va mikroiqlimni tashkil etish maqsadida oʻz maktabi hududida oʻsimliklarni sugʻorish uchun artezian suvidan foydalanish loyihasini taqdim etdi. Uning gʻoyasi “Amaliy joriy etiladigan eng yaxshi xalqaro loyiha” mukofotiga loyiq topildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahridagi 20-son maktabning 8-sinf oʻquvchisi Boʻtakoʻz Yermagambetova uglerod izini kamaytirish va atrof muhitni sogʻlomlashtirish muammosiga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida “Ishonch” maktab eko-klubini tashkil etishni taklif qildi. Loyiha “Ijtimoiy volontyorlik” nominatsiyasida eng yaxshi deb tan olindi.

Tashkilotchilar nomidan “Oʻzbekiston Respublikasidan ishtirokchini maktab loyihalarini xalqaro tanlovga professional darajada tayyorlagani uchun” tashakkur Maktubi Vinera Abubakirova (Toshkent sh., 233-son maktab), Nurmaxambet Arzuyev (Moʻynoq tumani, 1-son maktab), Orazgul Serjanova (Nukus shahri, 209-son maktab)larga topshirildi.

Xalqaro konferentsiya va tanlov iqlim oʻzgarishini oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashuv mavzusi boʻyicha yangi loyihalarni tayyorlashga yangi turtki berishi, jamiyatimizning iqlim barqarorligini taʼminlash boʻyicha gʻoyalar va yondashuvlarni yanada keng tarqalishiga, hamda “Iqlim sandiqchasi” loyihasining maktabdagi taʼlim jarayonida va undan tashqaridagi imkoniyatlarini yanada toʻliqroq yoritilishga koʻmak berishiga umid bildirilmoqda.

BMTTDning Oʻzbekistondagi koʻmaklari orasida hamjamiyatlarning iqlim barqarorligi va atrof muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilayotgan muhim eʼtibor boʻlgan umum oʻzarobogʻliq boʻlgan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan.