BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha Mintaqaviy direktori Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

10-May, 2019

Miryana Spolyarich Egger xonim, BMT Taraqqiyot dasturi maʼmuri yordamchisi, BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha Mintaqaviy direktori

13-14 may kunlari Miryana Spolyarich Egger xonim, BMT Taraqqiyot dasturi maʼmuri yordamchisi, BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha Mintaqaviy direktori muhim milliy hamkorlar bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bo’yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Jumladan, Oʻzbekistonga ilk marotaba amalga oshiradigan tashrifi davomida Miryana Spolyarich Egger xonim vazirliklar va idoralar vakillari bilan BMTTD va Oʻzbekiston oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurash, davlat boshqaruvini takomillashtirish, bandlik, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, sud islohotlari va atrof muhitni muhofaza qilish kabi sohalardagi rivojlanish va hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashadi.

Spolyarich Egger xonim BMTTDning Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonda yoshlar bandligiga koʻmaklashish” yangi loyihasini ishga tushirilishi marosimida, hamda Toshkentda boʻlib oʻtadigan korrupsiyaga qarshi kurashdagi innovatsiyalar boʻyicha mintaqaviy forumda qatnashadi.

Keyingi ikki yilda Oʻzbekistonda rivojlanishning muhim muammolarini, shu jumladan, valyutani liberallashuvi, sud-huquq tizimi, davlat boshqaruvini takomillashtirish, tadbirkorlar va korxonalar uchun qulay sharoitlarni yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va savdoni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan sezilarli islohlotlar roʻy berdi. Mazkur islohotlarni samarali amalga oshirilishi milliy va mahalliy darajadagi salohiyatni mustahkamlashni nazarda tutadi.

BMTTD Oʻzbekistondagi oʻz faoliyatini 1993 yildan beri olib bormoqda va hukumat bilan milliy rivojlanishga toʻsiqlik qilayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini topishda hamkorlik qilmoqda. BMTTD Oʻzbekistonda uchta yoʻnalishda ishlamoqda – barqaror iqtisodiy rivojlanish, davlat boshqaruvi, iqlim oʻzgarishiga moslashuv va atrof muhit muhofazasi. Global koʻlamda BMTTD rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirish, institutsional salohiyatni oshirish va rivojlanish natijalarini qoʻllash uchun mamlakatlar barqarorligini koʻtarishda koʻmak koʻrsatib kelmoqda. 170 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda global tajriba va mahalliy bilimlarni qo'llagan holda biz odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakatlarning salbiy hodisalarga qarshi turish qobiliyatlarini mustahkamlash uchun koʻmak koʻrsatamiz.