Quyichirchiq tumani: investisiyaviy imkoniyatlar

27-August, 2018

Photo credit: Youth Union

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida biznes yuritish maqsadida istiqbolli sohalarni amalga oshirish  istagida bo‘lgan investorlar uchun investisiyaga oid ma'lumotnoma ishlab chiqildi va chop  etildi.

Bugungi kunda poytaxt markazidan  67 kilometr uzoqlikda joylashgan Quyichirchiq tumani investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli hududga aylanmoqda. Mazkur tuman qulay joylashuvidan tashqari, investorga davlat mulki ob'ektlarini “nol ” xarid qiymati bo‘yicha sotib olish, maxsus iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonasi doirasida imtiyozlar to‘plami, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va  eksport qilish uchun qulay joylashuvni taklif qilishi mumkin. Shuningdek, hudud baliqchilik va vinochilikni rivojlantirish negizida agro-sayyohlik klasterlarini tashkil etish borasida ham jozibadordir.

 “Quyichirchiq tuman: investisiyaviy imkoniyatlar” ma'lumotnomasi ushbu hududning o‘ziga xosligini namoyon  etib, investisiya kiritish uchun ustuvor yo‘nalishlarga e 'tibor qaratadi. Unda biznes-loyihalarni ishga tushirish uchun zarur statistik, ta'rifiy va hamkorlar bilan bog‘lanish  ma'lumotlari mujassamlangan.

Ma'lumotnomada  bo‘lajakinvestorlarga yordam tariqasida ular bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalar haqida axborot taqdim  etilgan.

Ushbu ma'lumotnomaning chop etilishi xususiy sektorning biznesni rivojlantirish, ish o‘rinlarini  yaratish va mahalliy aholining turmush darajasini oshirish uchun Quyichirchiq tumanining afzal tomonlariga  e'tibor qaratish imkonini beradi.

Ma'lumotnoma taqdimoti 2018 yil 22 avgust kuni Toshkent viloyatining investisiyaviy jozibadorligini ochib berishga bag‘ishlangan biznes-forum doirasida bo‘lib o‘tdi.

***

 “O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish” loyihasi Savdo Sanoat Palatasi va BMTTD qo‘shma loyihasi bo‘lib, mamlakatning qishloq hududlarida xususiy sektorni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati natijasida daromadlar ortishi hamda ayollar va yoshlar orasida bandlik o‘shirishi uchun ishbilarmonlik muhitini  yaxshilashga qaratilgan.