Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona vodiysidagi tumanlararo sudlar zamonaviy multimediya uskunalari bilan ta'minlandi

Mon Oct 16 00:00:00 UTC 2017

2017 yil 13 oktyabr kuni E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanish samarodligini oshirish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona vodiysidagi o‘n beshta tumanlararo sudlarga 57 jamlanma zamonaviy kompyuter topshirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida mazkur hodisaga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi Xolmo‘min Yodgorov, AQShning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Farid Karaxanov ishtirok etishdi.

Yangi texnika O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida taqdim etildi.

Umumiy narxi 60 ming AQSH dollarini tashkil etgan texnika E-SUD innovatsion elektron axborot tizimiga ulanish imkonini yaratadi. Bu esa ishlarni ko‘rib chiqishda sarflanadigan vaqtni optimallashtirish va fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi 2013 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, avval boshlab faqatgina bittagina sudda ishlagan. Bugungi kunga kelib butun mamlakat bo‘yicha 950 ga yaqin mutaxassislar E-SUD tizimidan foqdalanishni o‘rgatishga bag‘ishlangan treninglarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi va hozirda E-SUD tizimiga respublikaning barcha 75 ta fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari ulangan. E-SUD tizimining joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish samaradorligi 50 foizga oshdi va hujjatlarni yo‘qotib qo‘yilishi holati umuman bartaraf etildi.

Tadbir doirasida mehmonlar sud kanselyariya xonasi hamda sud’ya kabinetini ko‘zdan kechirib, E-SUD tizimining barcha bosqichlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir yakunida loyiha doirasida tayyorlangan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi”, “Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar”, “Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha sud amaliyoti” va “Sudning hal qiluv qarorini tuzish bo‘yicha amaliy qo‘llanma” kabi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve