Mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlash uchun qulay davr

2017 Yanv 30

2017 yil O‘zbekistonda mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlash va rivojlantirish borasida yangi davr bo‘lishi kutilmoqda. Bunga hukumat tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar, mamlakatni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari hamda joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi kabi omillar zamin yaratib berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi o‘zining birinchi hamda ikkinchi bosqichdagi faoliyati davomida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish, hududlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Biroq barcha istiqbolli chora-tadbirlar asosan uchta tajribaviy hudud – Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida amalga oshirildi. Endi esa mazkur hududlarni taraqqiy etirish sohasidagi to‘plangan boy tajribani butun respublika darajasida qo‘llash imkoniyati tug‘ildi.

Yaratilgan asoslar

Keng ma’noda aytganda, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash imkoniyatini yaratib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMTTD hamkorligidan uchta maqsadga, ya’ni a) yanada amaliy vositalar va infrotuzilma, b) moliyaviy mustaqillik va v) to‘g‘ri qaroq qabul qila olishga - erishish talab etiladi. O‘tgan davr mobaynida ushbu uchala yo‘nalishda ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.

Loyiha doirasida erishilgan ayrim yutuqlar BMTTDning O‘zbekiston hududlaridagi “yashil” texnologiyalarni joriy qilish hamda aholini uzluksiz gaz, elektrquvvati va ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli chora-tadbirlari bilan chambarchas bog‘liq. Kerakli axborot texnologiyalari jihozlarining taqdim etilishi hamda yangi dasturlar bilan ishlashni o’rgatish natijasida bugungi kunga kelib tajribaviy hududlar (Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlari) hokimliklari xodimlari elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish imkoniga ega.

BMTTD loyihasining milliy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlari tufayli infratuzilma va moliya sohalarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan islohotlar hududlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Markazlashgan Toshkent, sanoati rivojlangan Jizzax va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Namanganning talab va ehtiyojlari bir-biridan farq qilishi tabiiy. Endilikda ushbu hududlar yanada ilg‘or manbalardan foydalangan holda o‘zlarining raqobatbardosh ustunliklarini kelib chiqib o‘z hududiy rivojlanish Strategiyasini ishlab chiqa olishadi.

Bundan tashqari, BMTTD loyihasi hamkorlar bilan birgalikda hududlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan qator treninglar ham tashkil qildi. Jumladan, 2014 yil hududiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha litvalik xalqaro maslahatchi yurtimizga tashrif buyurib Toshkent viloyati Qibray tumanini rivojlantirish Strategiyasini yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatdi. E’tiborlisi shundaki, keyinchalik ushbu hujjat asosida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqildi.

Tajribaviy viloyatlarda qo‘llanilayotgan mazkur hududiy rivojlanish strategiyalarni umummilliy darajagacha kengaytirish uchun yanada ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda turli ehtiyojlarni baholash va aniqlash uslublarini topish talab etiladi. Bu masalaga doir ba’zi amaliy xulosalar 2016 yil sentabr oyida Latviyaga (O‘zbekiston singari alohida hududiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda umummilliy taraqiyyotning yangi davridan o‘tayotgan mamlakat) amalga oshirilgan o‘quv-tanishuv tashrif doirasida ham keng muhokama qilindi. Tashrif davomida Latviyaning hududiy boshqaruv va rivojlanish borasidagi tajribasi sinchkovlik bilan o‘rganildi.

Tashrif yakunlariga asosan Latviya ijobiy tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llashni muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Hududlarni yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida mahalliy boshqaruvning normativ-huquqiy, institutsiyaviy asoslarini takomillashtirish borasida islohotlar olib borish kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Hududlarni rivojlantirish tendentsiyalarini baholash va u yoki bu sohani yaxshilash dasturlarini nazorat qilish imkonini beruvchi Latviyaning hududiy rivojlantirish indikatorlari elektron tizimiga alohida urg‘u berildi.

2017 yilda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O‘zbekistonda 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi ixtisoslashtirilgan hududlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda Amarta Sen tomonidan taqdim etilgan insoniyat taraqqiyoti haqidagi konsepsiyada bildirilgan fikr beixtiyor yodga tushadi: “rivojlanish eng amaliy jihatdan inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi kerak”. Nafaqat markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, balki davlat va xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash 2017 yildagi yana bir ustuvor maqsaddir.

Bugungi kunda mamlakatimiz hududlari ichki salohiyatidan imkon boricha unumli foydalanish uchun barqaror va samarador hududiy rivojlantirish siyosatini olib borish juda ham muhimdir. Shu o‘rinda davlat boshqaruv tizimini nomarkazlashtirish, mahalliy hokimiyat organlari erkinligini oshirish, ularning, birinchi navbatda, byudjetni shakllantirish va sarmoyalar jalb etish borasidagi vakolatlarini kengaytirish, o‘z hududlarini rivojlantirishda javogarligini mustahkamlashni ko‘zlagan holda mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‘gi Qonunning yangi tahriri hamda “Hududiy rivojlantirish to‘g‘risida” Qonun ishlab chiqish va qabul qilish lozim.

E’tiborlisi shundaki, yaqinda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, departamentning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mutaxassislari tegishli hududda Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakillari hisoblanadi.

2017 yil endigina boshlandi hamda har yili e’lon qilinadigan yillik davlat dasturining bu yilgi e’lon qilingan maqsadlari ishonchli va keng qamrovli hududiy rivojlantirish strategiyalarni shakllantirish borasidagi natijalar qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Voqealarning keyingi rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz.

BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, uning maqsadlari mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish orqali O‘zbekistonda samarali, hisobdor va inklyuziv mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirish, ularning hisobdorligi va ochiq-oydinligini oshirish hamda mahalliy boshqaruvda fuqarolarning ishtirokini ko‘tarishga qaratilgan. Loyihaning tajribaviy hududlari – Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlari.

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve