EKSPORT QILISh OSONLAShDI - O‘ZBEKISTONDAGI BIRINChI MILLIY ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI

2016 Mai 22

«Korxonamiz xo‘l va quruq agro- mahsulotlarini yetishtirishga iqtisoslashtirilgan bo‘lib, savdo bozorini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishimiz katta. Yangi “UzTrade” savdo platofrmasi esa bu borada bizga keng doiradagi xorijiy xaridorlarga o‘z mahsulotimizni yetkazib berishimiz uchun yo‘l ochib bermoqda” – deydi BMT Taraqqiyot Dasturining xodimlariga O‘zbekistondagi birinchi onlayn platformaning ochilishida tadbirkor Asqar Qodirov.


Avvalgi blogimizda ta’kidlaganimizdek, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan Odinaxon Saidova kabi, janob Qodirovning ham maqsadi - ichki muvaffaqiyatni jahon e’tirofiga aylantirishdir. Uning Spectrum ITG korxonasi tomonidan eksport qilinayotgan meva va sabzavotlari, mahsulotlari O‘zbekistonda o‘z maqomiga ega, lekin shu bilan birga UzTrade veb-sahifasi savdoni kengayishi yo‘lida eng yaxshi vosita sifatida o‘z isbotini topmoqda.


“O‘ylayman-ki, ‘UzTrade’ orqali men ko‘proq shartnomalar tuzaman va eksport xajmini oshirishga muvaffaq bo‘laman. Veb-sahifasi tashabbuskorlari va uning ijodkorlariga samarali mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday tashabbus elektron tijorat davrida juda ham kerak edi” - deydi A. Qodirov.
Biznes uchun yangi vosita.


«Agar sizning biznesingiz Internetda emas ekan, demak u biznesdan tashqarida» deb aytgan edi Bill Geyts. Ushbu ibora O‘zbekistondagi kichik va xususiy biznes rivojlanishi uchun yaratilgan yangi “UzTrade” elektron savdo platformasining ustuvorliklariga ham to‘la tegishlidir»- deydi Tune Consultin MChJ vakili, veb-sahifa foydalanuvchisi Mumtoz Dalimov.


O‘zbekiston korxonalari xalqaro bozorda ishlashlari uchun veb-sahifa bo‘lishi muqarrar, lekin veb-sahifani yuritish qimmat va murakkab masala bo‘lishi mumkin. Aynan shu kabi masalani yechish uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi hamda BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi hamkorligida UzTrade saytining yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ldi.


Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni tasavvur qilib ko‘ring, va shu bilan birga u korxonalar va ularning mijozlari o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan.


UzTrade saytida biznes jarayonlarni osonlashtirish uchun vositalar to‘plami foydalanish uchun taqdim etilgan. Veb-sahifa mahsulotlar, turkumlar va ta’minotchilar segmentlariga bo‘lingan. Bu esa kompyuter sichqonchasining bir - ikki bosish orqali 1103ta ishlab chiqaruvchi va 3 217ta mahsulotlarni, kanselyariya mollaridan tortib to qulupnaygacha topish mumkin degani. Korxonalar va ularning xodimlari xaqida ma’lumotlar alohidagi sahifalarda berilganligi korxonaga o‘ziga xos maqomini beradi. Veb sahifa tili IR-manziliga qarab o‘zgaradi.


Korxonalar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzishdan boshlab, mahsulotni xaridorga yetkazib bergunga qadar bo‘lgan faoliyatlarining har bir bosqichini veb-sahifa orqali amalga oshirishlari mumkin. Shuningdek, sayt sahifalaridan ma’lumotlar bazasi hamda xalqaro tijorat bozori statistikasi va ko‘rgazmalar xaqida batafsil ma’lumotlar olish mumkin. Umuman olganda, bu biznes yuritishning onlayn va kam xarajat usulidir.


«Ta’kidlash joyiz-ki, shaxsiy veb sahifani qo‘llab - quvvatlab turish, uning fayzli bo‘lishi va xaridorni jalb qilishni ta’minlash kichik va xususiy biznes vakillari uchun serxarajat va ko‘p resurs talab qiladigan faoliyat bo‘lib hisoblanadi» - deydi veb-sahifaning yaratilishida asosiy maslaxatchi sifatida muhim rol egallagan «UzTadbirkorEksport» maxsuslashtirilgan savdo kompaniyasining vakili Shoxrux Xodjayev. «UzTrade saytida o‘zining virtual savdo idorasini yaratayotib, foydalanuvchi o‘zining shaxsiy sahifasini ham yaratadi. Veb-sahifada onlayn-muzokaralarni olib borish, mahsulotlar, hisobotlar, yuklangan tasvirlarni qo‘shish yoki o‘chirish, video yoki rasmlarni ko‘rsatish imkoniyati bor” – deydi u. “Boshqacha qilib aytganda, agar UzTrade saytida savdo idorasi hamda shaxsiy sahifa yaratilsa boshqa veb-sayt yaratilishiga xojat qolmaydi”.


Muvaffaqiyatli ish davom etmoqda

Joriy yilning 3 may kuni BMTTDning «Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasi doirasida veb-saytning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kuchli ishbilarmonlik asosiga ega bo‘lgan tashkilotlar, kichik va xususiy biznes soha vakillaridan 50 nafarlari ishtirok etishdi. Barcha yaxshi natijali veb-saytlar kabi, UzTrade bu uzluksiz faoliyatdir. Xodjayevning so‘ziga ko‘ra, xozirda veb saytni takomillashtirish borasida izlash tizimlarida ko‘rsatgichlarni yaxshilash bo‘yicha Google va Yandex bilan muzokaralar ketmoqda, ushbu sa’y-harakatlar saytning xalqaro miqyosda reytingini ko‘tarilishiga qaratilgan. Bu Qodirov va Dalimovlar kabi tadbirkorlarga ijobiy tajriba ortirish va xizmat ko‘rsatish sohasida qulaylik yaratadi.


UzTrade saytining yaratilishi «Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasining mahalliy tadbirkorlaga xorij bozorlariga chiqish imkoniyatini kengaytirib berishda amalga oshirayotgan faoliyatining mantiqiy davomidir. Loyiha faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotni uning Facebookdagi sahifasi yoki BMTTDning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve