O‘zbekistonda tadbirkor ayollar: muammolar va imkoniyatlar

English

docx (1MB)

Download

O‘zbekistonda tadbirkor ayollar: muammolar va imkoniyatlar

24-April, 2019

O‘zbekistondagi tadbirkor ayollar uchun qanday muammolar va imkoniyatlar mavjudligini aniqlash maqsadida “O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” loyihasi tomonidan fokus guruhlarda muhokamalar hamda tadbirkor ayollar bilan tizimli intervyu o‘tkazildi. Tadqiqotda O‘zbekistonning to‘rtta hududi – Buxoro, Jizzah, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istondan 115ta tadbirkor ayol ishtirok etdi.

Saralash strategiyasi 2017 yilning aprel oyidan oktyabr oyigacha bo‘lgan davrda to‘rt hududda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor ayollarning jami ro‘yxatidan tasodifan tanlashga asoslandi. Tadqiqot vositasining dastlabki baholashi Toshkent shahridagi tadbirkor ayollarning kichik guruhi orasida o‘tkazildi.

Bunga qo‘shimcha ravishda ommabop mobil ilovadagi guruh orqali tadbirkor ayollar orasida keng tarqalgan Google survey onlayn so‘rovnomasi orqali ma’lumotlar ham to‘plandi.

Tadqiqot ma’lumotlariga asoslangan mazkur nashr O‘zbekistondagi tadbirkor ayollar to‘qnash keladigan muammolar, jumladan institutsional muammolar va imkoniyatlar, sektorga doir muammolar va imkoniyatlar, shuningdek shaxsiy muammolar va imkoniyatlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda hujjatda mamlakatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha strategik tavsiyalar keltirilgan.