O'zbekistonda COVID-19 virusining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari: mahalla vakillarining qarashlari

O'zbekistonda COVID-19 virusining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari: mahalla vakillarining qarashlari

11-November, 2020

 BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bilan hamkorlikda hukumatning COVID-19 tahdidlariga qarshi qo'llagan choralarning ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirini baholash uchun O'zbekiston aholisi orasida so'rov o'tkazdi. Tadqiqot mahalla rahbarlarining faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, unda 3670 respondent ishtirok etdi. So'rovda mahalla raislari, ularning o'rinbosarlari va mutaxassislar qamrab olindi (respondentlarning 25 foizi ayollar). 2020 yil may-iyunь oylarida o'tkazilgan tadqiqotda umummilliy karantinning jamoalar, alohida tarmoqlar, turli ijtimoiy guruhlar, ayniqsa, ayollarning umumiy farovonligiga ta'siri baholandi. Shuningdek, mahallalardagi eng ko'p zarar ko'rgan aholi qatlamini tezroq ijtimoiy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari o'rganildi.

Yuklab olish