Qashqadaryo viloyati: yangi imkoniyatlar va istiqbollar

Qashqadaryo viloyati: yangi imkoniyatlar va istiqbollar

19-July, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va BMTning Rivojlanish Dasturining “O‘zbekiston Respublikasida investitsion iqlimni takomillashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Qashqadaryo viloyati: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida investitsion ma’lumotnoma tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati respublikaning yuqori iqtisodiy potensialga, malakali mehnat kadrlariga, shuningdek, boy mineral va uglevodorod xom ashyosi resurslariga ega bo‘lgan, sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalaridan biri hisoblanadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mintaqa uchun ustuvor hisoblanadi va shu munosabat bilan viloyat xokimligi tomonidan viloyat hududida investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalarni huquqiy himoya qilishni ta’minlash va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor ajratiladi.

Mazkur ma’lumotnoma biznes hamjamiyatga, avvalo, xorijiy kompaniyalarga viloyat hududida yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularga qayta ishlov berish va boshqa sohalarda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi Qashqadaryo viloyatining potensiali, uning jo‘shqin rivojlanuvchi iqtisodi, boy tabiiy-xom ashyo resurslari, transport-logistik va boshqa afzalliklari bilan tanishtirish maqsadida tayyorlangan.