Surxondaryo viloyati: yangi imkoniyatlar va istiqbollar

English

pdf (1MB)

Download

Surxondaryo viloyati: yangi imkoniyatlar va istiqbollar

30-September, 2019

Surxondaryo viloyati – mamlakatning noyob geografik o‘ringa, ahamiyatli iqtisodiy potensial, malakali ishchi kuchi va boy tabiiy boyliklariga ega bo‘lgan eng janubiy mintaqasidir.

2019 yil " Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb nomlandi, mamlakatda mintaqalarining investitsion jozibadorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, shuningdek, aholining turmush darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mintaqa uchun ustuvor hisoblanadi, shuning uchun mahalliy hokimiyat bugungi kunda mintaqa hududida investitsion faoliyatni amalga oshirayotgan xorijiy kompaniyalarning huquqiy kafolatini ta’minlashning amaliy masalalariga katta e’tibor qaratmoqda.

“Surxondaryo viloyatiga investitsiya kiriting” investitsiya ma’lumotnomasi O‘zbekistondagi BMT TD tomonidan Savdo-sanoat palatasi va mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda kompaniyalarga mintaqada loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan xizmatga oid doiralarni shu jumladan, xorijiy kompaniyalarni Surxondaryo viloyatining potensiali, uning boy tabiiy-iqlimiy sharoitlari hamda imkoniyatlari, transport va logistik afzalliklari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Biz bu qo‘llanmada aks ettirilgan ma’lumotlar xorijiy va mahalliy kompaniyalarga mintaqadagi mavjud imkoniyatlarni namoyon qilishiga va tadbirkorlik faoliyati uchun istiqbolli yo‘nalishlarni topishda yordamlashishiga umid qilamiz.