Qoraqalpog‘iston Respublikasiga investitsiya kiriting

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga investitsiya kiriting

8-June, 2018

O‘zbekistonda investorlar uchun “Qoraqalpog‘iston Respublikasiga investitsiya kiriting” qo‘llanmasi chop etildi. Ushbu Qo‘llanma investorlar uchun Qoraqalpog‘istondagi investitsiya imkoniyatlari xaqida va eng yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan noyob manba hisoblanadi.

Ko‘p yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Orol dengizining ekologik inqirozi ro‘y bergan joy sifatida qaralgan edi. Ammo juda kamdan kam kishilar ushbu mintaqa istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan joy ekanligini bilishadi.

Mineral va uglevodorodli xom ashyo zahirasi, tog’-kon, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishning foydali imkoniyatlari, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston bozorlariga chiqishning eng yaqin yo‘l mavjudligi ushbu mintaqaning afzallik taraflarining bir qismi xolos.

Investorlar uchun yaratilgan “Ochiq eshiklar” siyosati orqali ko‘plab bojxona, soliq va bank imtiyozlariga ega bo‘lish xuquqi beriladi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasiga investitsiya” qo‘llanmasi investorlar e’tiborini investitsiya uchun ustuvor bo‘lgan sohalarga urg’u berib, mintaqaning betakror imkoniyatlar manbasi sifatida ochib beradi. Unda biznes loyihasini boshlash uchun zarur bo‘lgan statistika, tavsiflovchi va aloqa ma'lumotlarini batafsil ravishda umumlashtiradi.

Ushbu qo‘llanmani nashr etish - bu xususiy sektor e’tiborini Qoraqalpog‘istonda biznesini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligiga qaratish, ish o’rinlarini yaratish, va oxir-oqibatda mahalliy aholi turmush darajasini oshirish demakdir.

Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mansabdor shaxslari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tayyorlangan. Ayni paytda ushbe qo‘llanma ingliz va rus tillarida havola etiladi.