Milliy BRMlarga erishish bo'yicha statistik ko'rsatkichlar to'plami

Download

pdf (1MB)

Download

Milliy BRMlarga erishish bo'yicha statistik ko'rsatkichlar to'plami

12-April, 2021

Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning samarali monitoring tizimini yaratish bo'yicha O'zbekiston Hukumatiga ko'maklashish doirasida BMT Taraqqiyot dasturi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasiga BRMga erishish yo'lida olg'a siljishi to'g'risida turli maqsadli guruhlarning xabardorligini oshirish uchun statistik mahsulotlarni ishlab chiqishda yordam bermoqda.

Taqdim etilayotgan O'zbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish bo'yicha statistik ko'rsatkichlar to'plami - bu BMT Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining qo'shma mahsuloti bo'lib,  keng doiradagi manfaatdor tomonlar, jumladan mansabdor shaxslar, amaliyotchilar, rivojlanish sohasidagi sheriklar, BRM tahlilchilari, olimlar, ommaviy axborot vositalari va boshqalar uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan Milliy BRM ko'rsatkichlari bo'yicha statistik ma'lumotlar dayjestini taqdim etadi. Bu ikkinchi nashr bo'lib, 2016-2019 yillar uchun BRM ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.