Orolbo‘yi mintaqasida qishloq joylarini barqaror rivojlantirishda aholining imkoniyatlarini kengaytirish

Orolbo‘yi mintaqasida qishloq joylarini barqaror rivojlantirishda aholining imkoniyatlarini kengaytirish

22-April, 2019

(Qoraqalpog‘iston)

Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik falokat oqibatida Qoraqalpog‘iston inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan gumanitar muammolarga duch kelmoqda. Mintaqada kuzatilayotgan inqirozning halokatli ta’sirini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston hukumati, BMT agentliklari, ikki va ko‘p tomonlama donorlar va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar bu sohada habardorlikni oshirishga, mahalliy aholiga, atrof-muhitga va iqtisodiyotga boʻlgan zararni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida, 2012 yilda BMTning inson havfsizligi bo‘yicha maqsadli fondi Qoraqalpog‘istonda aholi turmush tarzini yaxshilash, jamiyat rivojini jadallashtirish, salomatlik va atrof-muhitga bo‘lgan xatarlarni kamaytirishga qaratilgan BMTning ilk keng qamrovli va integratsiyalashgan Qo‘shma dasturini qo‘llab-quvvatladi. Dasturda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish va Qoraqalpog‘istonning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholining barqarorligini mustahkamlashda ko‘p o‘lchovli yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi.

Qo‘shma dasturidan olingan tajriba va saboqlarga tayanib, BMTning O‘zbekistondagi agentliklari “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” bo‘yicha dasturning ikkinchi bosqichini hukumat bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur nashrda, Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining amaliyotga tatbiq etilishi va inson xavfsizligi bo‘yicha yondashuvni amalga oshirish orqali, Dasturning aholi imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan yondashuvi haqida ma’lumot beriladi.