«Biznes-klinika» loyihasining birinchi davri natijalari

Yuklab olish

pdf (1MB)

Download

«Biznes-klinika» loyihasining birinchi davri natijalari

26-November, 2020

COVID-19 pandemiyasi paytida karantin bilan bog‘liq cheklovlar deyarli barcha biznes sohalariga ta’sir qilganligi sababli, barchamiz qiyin davrni boshdan kechirishga majbur bo‘ldik. Har kim ijara haqi, ish haqi, kreditlar, fors-major holatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi kerak edi.

Sizga ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq maslahatlarni olishda qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat rahbarining farmonlari bilan qabul qilingan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida 2020 yil may oyida BMT Taraqqiyot Dasturi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «Biznes-klinika» loyihasini ishga tushgan.

Loyiha doirasida 1094 koll-markazi mavjud, doimiy ravishda qonunchilik va biznes yuritish bilan bog‘liq turli xil veb-seminarlar o‘tkazilmoqda, t.me/biznes_klinika telegram kanali yaratildi, u yerda qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi infografikalar, veb-seminarlarning videolari, «Savollar va javoblar», «Bilasizmi» rubrikalarning materiallari va boshqa foydali ma’lumotlar berilmoqda.

«Biznes-klinika»ning ushbu olti oydagi faoliyati natijalari to‘g‘risidagi tayyorlagan infografikalarimizni ko‘rib chiqing.

Biznes-klinika tashabbusi Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya hukumatlari moliyaviy ko’magida BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida BMTTD va Savdo-sanoat palatasi tomonidan amalga oshirilmoqda.