Orolboʻyi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlar ATLASI

Orolboʻyi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlar ATLASI

14-July, 2019

Mazkur Atlas BMTning Qoʻshma Dasturi* doirasida Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda 2017 yilda oʻtkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot asosida ishlab chiqilgan boʻlib, unda Orol dengizi inqirozidan eng koʻp zarar koʻrgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining 8 ta tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati koʻrsatilgan. Hujjat aholi farovonligining turli jihatlarini, jumladan, ta’lim, sogʻliqni saqlash va kommunal soha xizmatlaridan foydalanish, bandlik masalalari va ekologik vaziyatni aks ettiradi. Olingan ma’lumotlar shartli kartografiya asoslari bilan bogʻlangan.
Atlas tadqiqot oʻtkazilgan hududlarda Inson xavfsizligining quyidagi koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi:
•  Ekologik xavfsizlik
•  Iqtisodiy xavfsizlik
•  Oziq-ovqat xavfsizligi
•  Sogʻliqni saqlash xavfsizligi
•  Ijtimoiy xavfsizlik

Xaritalarni tuzishda rasmiy statistika ma’lumotlari, ijtimoiy tadqiqot, shuningdek, har bir oʻrganilayotgan hududdagi davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirokida oʻtkazilgan fokus-guruhlar  muhokamalari natijalaridan foydalanilgan.

*BMTning Qoʻshma Dasturi “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash”