Optimallashgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 11 saboq

Russian

pdf (1MB)

Download

Optimallashgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 11 saboq

11-December, 2019

Mamlakatning yalpi ichki mahsulotida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari yetakchiligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotdagi sezilarli oʻzgarishlarga qaramasdan qishloq xoʻjaligining YaIMdagi ulushi, biroz pasaygan boʻlsada, ammo ancha yuqoriligicha qolmoqda. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi aholisi koʻpchiligining daromadlari va bandligining asosiy manbai va ijtimoiy barqarorligining kafolati boʻlib qolayotgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmogʻida hozirgi vaqtda iqlim oʻzgarishi oqibatlarining koʻlamiga munosib boʻlgan moslashuvga qodirlik darajasini taʼminlash muammoli masala boʻlib qolmoqda. Bu esa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasini yerlarning mavjud yemirilish, choʻllanish va kelajakdagi tabiat-iqlim koʻrinishidagi tahdidlarga juda ham taʼsirchan etib qoʻymoqda, oqibatda bu holat Orolboʻyida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini izdan chiqaradi. Yerdan foydalanuvchilar iqlimga bardosh qishloq xoʻjaligini olib borishga oʻtish yoʻlida tegishli texnologiyalar va yondashuvlarni tanlash uchun yordamga muhtoj boʻlmoqdalar. Mazkur nashr BMTTDning Oʻzgidormet va BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasini Adaptatsion fondining “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan iqlim oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun iqlim jihatidan optimallashgan qishloq xoʻjaligini yaratish boʻyicha tavsiyalarni qamrab olgan.