Axborot byulleteni 1/2021: O‘zbekistonda uran merosini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat haqidagi yangiliklar

Download

pdf (1MB)

Download

Axborot byulleteni 1/2021: O‘zbekistonda uran merosini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat haqidagi yangiliklar

5-October, 2021

«Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog‘liq muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish. II bosqich» loyihasi birinchi sonli ahborot byulletenini chiqardi, va unda 2021 yil yanvardan iyul oyiga qadar bo‘lgan davr ichida, loyiha faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yoritilgan.

Ushbu davr ichida nimalar qilindi?

• Loyiha doirasida maxalliy axoliga radiatsiya darajasini mustaqil o‘lchash va nurlanishni monitoring qilish imkonini beradigan dozimetr uskunalari sotib olindi va taqdim qilindi.

• Chorkesar va Yangiobod maxallalarida loyiha mutaxassislari maxalliy aholining 37 vakillari uchun biznesini boshlash bo‘yicha treninglar o‘tkazdilar, shuningdek, tadbirkorlar va maxalliy hokimiyat vakillari uchun yashil iqtisod asoslari va jamiyatni rivojlantirish usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar.

• Uran merosi hududida eng yaxshi Biznes - loyiha uchun tanlov o‘tkazildi. Eng yaxshi biznes-loyihalar birgalikda moliyalashtirish uchun loyiha tomonidan tanlab olinadi.

Loyihani barcha yangiliklari bilan tanishish uchun, marxamat qilib, ahborot byulletenini yuklab olishingiz mumkin.

«Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog‘liq muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish. II bosqich» loyihasi, Yevropa Ittifoqi ko‘magida moliyalashtiriladi, BMTTD O‘zbekistondagi YeXHT va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Loyiha, uran chiqindilari bilan bog‘liq xavflar to‘g‘risida maxalliy qaror qabul qiluvchilar va hamjamiyat a’zolari o‘rtasida xabardorlikni oshirishga va jamiyat farovonligini yaxshilash uchun gender omillarini xisobga olgan holda tashabbuslar orqali ushbu xavflarni yumshatishga qaratilgan.