Qoraqalpog'iston Shimoliy hududlarida agrobiznesni yuritish va moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirishning gender jihatlari

Download

pdf (1MB)

Download

Qoraqalpog'iston Shimoliy hududlarida agrobiznesni yuritish va moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirishning gender jihatlari

30-September, 2021

Ayollar va erkaklar iqlim o'zgarishi sabablariga turli xil hissa qo'shadilar, ularga iqlim o'zgarishining o'zi va uning oqibatlari turlicha ta’sir ko'rsatadi, hamda tanlov mavjud bo'lganda iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda turlicha yechim va yondashuvlarni afzal ko'rishadi. Bu farqlar gender jihatidan farqlanadigan nisbiy vakolatlar, uy va mahalla darajasida an’anaviy rollar va mas’uliyatlar; resurslar va axborotdan foydalanishda farqlar; va turli darajalarda muhokamalar va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati tufayli yuzaga keladi.

Ushbu nashrda Qoraqalpog'istonning hhimoliy hududlarida ayollar rahbarlik qilayotgan qishloq xo'jaligi biznesining o'ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari; ayollarning iqlim o'zgarishiga chidamli qishloq xo'jaligi usullari va texnologiyalarini qo'llash bo'yicha bilim va imkoniyatlari; bunday amaliyotlardan foydalanishda gender tengligini saqlab qolish zaruriyati aks ettirilgan.