Elementary Technologies - Big Benefits

Elementary Technologies - Big Benefits

27-December, 2018

Ushbu to‘plamdan innovatsion texnologiyalar bo‘yicha infografikalar o‘rin olgan bo‘lib, ular ham iqtisodiy, ham tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazardan qishloq xo‘jaligini barqaror yuritishga ko‘maklashadi.

Texnologiyalarimiz inofgrafika shaklida keltirilgan bo‘lib, biz ularning yordamida tushunarli shaklda texnologiyaning ish tamoyili, uning mohiyatini ifodalashga hamda an’anaviy yondashuvlar va amaliyotlar bilan bir qatorda innovatsion yechimlarning foydasi va afzalliklarini ko‘rsatib berishga harakat qildik.

Umid qilamizki, ushbu to‘plam O‘zbekistonning fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi mutaxassislari va bo‘linmalari xodimlari, hududiy o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari, hududiy tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari mutaxassislari, agrar universitetlar va halq institutlari o‘qituvchilari va talabalari, olimlar va keng ko‘lamli manfaatdor shaxslar uchun foydali bo‘ladi.

Ushbu to‘plam Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi (www.sgp.uz) tomonidan O‘zbekistondagi BMTTD ko‘magida yaratildi.