Qonun ustuvorligi sohasidagi faoliyatimiz natijalari e’lon qilindi

Download

pdf (1MB)

Download

Qonun ustuvorligi sohasidagi faoliyatimiz natijalari e’lon qilindi

22-September, 2021

22-sentabr 2021. Toshkent. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi faoliyatini sarhisob qilish maqsadida tashkil etilgan loyiha kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Zoom-videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy makatabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 2018-2021 yillar davomida mazkur qo‘shma loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda erishilgan natijalarning taqdimoti o‘tkazildi:

- elektron sudlov tizimi va interfaol xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;

- odil sudlovning xolisligi va adolatligiga aholi ishonchini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi sifatida sudlar faoliyati shaffofligini yanada oshirish;

- aholining ehtiyojmand qatlamiga beg‘araz huquqiy yordam koʻrsatishni kengaytirish;

- ayollarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimida gender tenglikni ta’minlash;

- nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini joriy etish;

- sud tizimi va OAV o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, sud jurnalistikasida yangicha madaniyatni shakllantirish;

- Aholi huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va sud amaliyotini birlashtirishga qaratilgan qo‘llanma, adabiyot, risolalar tayyorlash.

Qayd etish joizki, 2015-2021-yillar davomida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etishda faol qatnashdi. Amalga oshirilgan tashabbuslarning aksariyati 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va 2030-yilgacha BMT Global kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladi.

Regions and Countries