“Biznes yuritish”, Shartnomalar ijrosini taʼminlash – Oʻzbekiston va 2019 yildagi 5 ta yetakchi davlat” hisoboti

“Biznes yuritish”, Shartnomalar ijrosini taʼminlash – Oʻzbekiston va 2019 yildagi 5 ta yetakchi davlat” hisoboti

23-May, 2019

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Tarraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida “Biznes yuritish”, Kontraktlar ijrosini taʼminlash – Oʻzbekiston va 2019 yildagi 5 ta yetakchi davlat” hisoboti tayyorlandi.

Mazkur hisobotda “Biznes yuritish — 2019” reytingida kontraktlar ijrosini taʼminlash koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori natijalar koʻrsatgan beshta davlat, jumladan, Avstraliya, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Norvegiya va Signgapur bilan Oʻzbekiston koʻrsatkichlarining qiyosiy sharhi oʻrin olgan. Shartnomalar ijrosini taʼminlashning soddalashtirilgani Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingi elementlaridan biri hisoblanadi. Bu quyidagi uchta asosiy sohada sud ishlari samaradorligini oʻzida aks ettiradi: tijorat ishlari boʻyicha sud jarayonining qonuniy muddat oʻtkazilishi, uning qiymati va sifati.

Hisobotda “Biznes yuritish” tadqiqotining 2014-2019 yillardan iborat besh yillik davrda ushbu oltita davlatdagi ushbu koʻrsatkichga taalluqli anʼanalari, shuningdek, bu yoʻnalishda isloh qilish boʻyicha ularning faoliyati taʼriflanadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda iqtisodiy sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiyalar beriladi.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals