Jinoyiy ishlarda dalillar bilan ishlash sohasidagi xorijiy tajriba tadiqiqoti

Jinoyiy ishlarda dalillar bilan ishlash sohasidagi xorijiy tajriba tadiqiqoti

14-October, 2020

Mazkur tadqiqot sud’yalarning jinoiy ishlarda dalillar bilan ishlash uslublari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishga bagʻishlangan.

Unda chet davlatlarda jinoiy ishlarni koʻrish jarayonida sud’yalar tomonidan dalillarni toʻplash, oʻrganish va baho berishga doir axborot manbaalari roʻyxati, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudining huquqiy pozitsiyalari toʻplami, tadqiqot jabhasida turli mamlakatlarning jinoyat-protsessual huquq va sudlovga oid yondashuvlari, 10 ta mamlakat (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Shveytsariya, Pol’sha, Moldova, AQSh, Yaponiya, Rossiya) jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda dalillar bilan ishlashni amalda qoʻllashga doir izlanishlar joy olgan.

Kitobda jinoiy ishlar boʻyicha sud’yalar uchun isbotlash va dalillarga baho berish sohasida jinoiy protsessual dalillarni huquqiy tartibga solishga oid takliflar va uslubiy tavsiyalarga alohida e’tibor berilgan.

Yuklab olish