Sudlarning oʻtgan yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot nashr etildi

Sudlarning oʻtgan yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot nashr etildi

17-May, 2019

Yaqinda “Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining 2018 yildagi faoliyati hisoboti” oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi.

Mazkur hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMTning “Oʻzbekiston qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha hamkorlik” taraqqiyoti dasturi yordamida tayyorlandi.

Bu nashr orqali fuqarolar fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, shuningdek, maʼmuriy va iqtisodiy sudlar faoliyati yakunlari yuzasidan, bundan tashqari odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sudьyalarning mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan ishlar boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals