Oʻzbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirishning dolzarb muammolari

Russian

pdf (1MB)

Download

Oʻzbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirishning dolzarb muammolari

3-November, 2016

Davlat xizmati – zamonaviy institut hisoblanib, uning Oʻzbekistonda vujudga kelishi mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan davlat boshqaruvini yanada modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan bosqichma-bosqich siyosatining qonuniy va salmoqli muvaffaqiyatidan dalolat beradi.

Shu bois, BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi tomonidan “Oʻzbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida tadqiqot amalga oshirildi.

Oʻzbekistonda davlat xizmatlarini ko’rsatishning joriy holatining tahlili asosida, mualliflar davlat xizmatlarini tasniflash boʻyicha davlat xodimlari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqdilar, davlat xizmati institutini rivojlantirishning keyingi bosqichi sifatida davlat xizmatlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga oid, hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat organlarining rasmiy vebsaytlari va “Yagona oyna” markazlari orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish bo’yicha takliflar taqdim etdilar.