Fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti bitta qoʻllanmada jamlandi

Uzbek

pdf (1MB)

Download

Fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti bitta qoʻllanmada jamlandi

5-February, 2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasida koʻrib chiqish amaliyotlarini har chorakda eʼlon qilish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi doirasida Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan nazorat tartibida koʻrilgan fuqarolik ishlari asosida “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti” qoʻllanmasi tayyorlandi. Unda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning uy-joy, mehnat, kredit, qarz, yer hamda meros nizolari bilan bogʻliq ishlarni koʻrishga oid sud amaliyoti aniq misollarga tayangan holda yoritib berilgan.

Mazkur qoʻllanmadan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning sudьyalari, sud xodimlari, prokurorlar, advokatlar, yuristlar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin. Shuningdek, u fuqarolik ishlarini yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi, huquqshunoslik yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari va talabalari uchun ham amaliy ahamiyatga egadir.