"Sud hujjatlarini tahlil qilish" bo'yicha tanlov natijasiga ko'ra sovrinli o'rin egallagan talabalar ishlarining to'plami

Download

pdf (1MB)

Download

"Sud hujjatlarini tahlil qilish" bo'yicha tanlov natijasiga ko'ra sovrinli o'rin egallagan talabalar ishlarining to'plami

24-August, 2021

Mazkur to'plam Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-, 3-, 4-kurs talabalari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining veb-saytida e'lon qilingan sud qarorlarini tahlil qilish bo'yicha tanlovda g'olib bo'lgan talabalarning tahliliy ishlarini o'z ichiga olgan. Tanlov shartlariga ko'ra talabalar 50tagacha sud hujjatlarini tahlil qilishlari va ularda qonunchilikning moddiy va protsessual normalari buzilish holatlarini aniqlashlari lozim edi. 

Tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad talabalarning fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan chiqarilgan sud hujjatlarini tahlil qila olish bo'yicha qobiliyatini aniqlash va talabalarning moddiy va protsessual qonun normalarini amalda qo'llay olish bo'yicha ko'nikma va malakalarini oshirishdir. Talabalar mazkur to'plamda mujassamlangan tahliliy ishlarni tayyorlashda mustaqil ishlash, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni ko'nikmalarini rivojlantirdilar, bu orqali esa talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg'unligini ta'minlashga erishildi.