BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning “O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ning imzolanishi xususidagi murojaatnomasi

Thu Jan 11 00:00:00 EST 2018

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ning imzolanishini olqishlaydi.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”ni imzolab, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar tizimi O‘zbekistondagi barcha insonlar uchun, ayniqsa eng ojiz va qiyin ahvolda qolgan insonlar uchun inson rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surishda hamda yanada taraqqiy etgan, kuchli, barqaror jamiyat qurishda hamkorlik qilishga qat’iy qaror qilganligini yana bir bor tasdiqladi.

O‘zbekistonning 2017-2021 yilllarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlar loyihasi va 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan YuNDAF, ya’ni BMTning rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashish bo‘yicha doiraviy dasturning tamoyillariga tayangan holda mazkur “Yo‘l xaritasi”da “Harakatlar strategiyasi 2017-2021”ning strategik ustuvor maqsadlariga erishish bo‘yicha hamda Hukumatning Barqaror rivojlanish maqsadlari – BRMga erishishga oid majburiyatlari va BMTning inson huquqlari mavzuidagi bir qator hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yuzdan ziyod asosiy chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu “Yo‘l xaritasi”ni amaliyotga tadbiq qilish borasida BMT iqtisodiy o‘sish va inson rivojlanishi, samarali boshqaruv va aniq faktlar asosda siyosat ishlab chiqish, qonun ustuvorligi va inson huquqlari, ijtimoiy himoya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash, madaniy me’rosni muhofaza qilish, bolalar va ayollar huquqlari, tinchlini o‘rnatish va ofatlar xavfini kamaytirish kabi yo‘nalishlarda o‘z yordamini berishga tayyor.

“Mazkur “Yo‘l xaritasi” Hukumat va BMT o‘rtasida rivojlanish sohasidagi hamkorligiga yangi bir kuchli turtki beradi”, - deb ta’kidladi BMTning Doimiy vakili Helena Freyzer. “Biz ushbu “Yo‘l xaritasi”ni Hukumat va BMTning hisobdorligini ta’minlashga yordam beruvchi amaliy bir vosita hamda “Harakatlar strategiyasi” va BRMni amalga tadbiq qilish, O‘zbekistonda yashovchi barcha insonlar uchun taraqqiyot va munosib hayot darajasini ta’minlash yo‘lida qo‘yilgan keyingi qadam deb hisoblaymiz.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMTning butun dunyo va mintaqaviy miqyosda faoliyat yuritayotgan boshqa muassasalari bilan birgalikda O‘zbekiston Hukumati bilan mazkur “Yo‘l xaritasi”ning tamoyillarini amalga oshirishda hamkorlik qilish qarori qat’iy. Rivojlanish sohasidagi donor va hamkorlar bilan birgalikda kelishilgan axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish orqali mazkur “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni jalb qilish yo‘lida barcha sa’y-harakat va chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Toshkent, 2018 yil 11 yanvar

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab