BMT ning Doimiy muvofiqlashtiruvchisi v.b. janob Sasha Graumannning xalqaro konferensiyasidagi murojaati

Wed Nov 22 00:00:00 EST 2017

Assalomu alaykum!

Hurmatli anjuman tashkilotchilari va ishtirokchilari!

BMT ning mamlakat guruhi nomidan sizlarni inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha xalqaro anjumanda qutlash – men uchun katta sharaf.

Kecha men professor Saidov bilan birga Yoshlar parlamentining vakillari bilan uchrashib, ularning huquqlarini muhokama qildik.

Ikkalamiz ham ular tomonidan ko‘tarilgan masalalardan, inson huquqlarining amalga oshirilishi ularning hayoti va tengdoshlarining hayoti uchun qanchalik muhim ekanligini aniq tushunishi, shuningdek ushbu qadriyatlarni jamiyatga singdirishda faol ishtirok etib, o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanliklaridan qattiq ta’sirlandik.

Bu yoshlar inson huquqlari bo‘yicha aniq tushunchaga egadir.

Masalan, qashqadaryolik Marjona o‘zining tumanida istiqomat qilayotgan va maktabga qatnash imkoniyatiga ega bo‘lmagan lo‘li bola holatidan, shuningdek imkoniyati cheklangan va nogironlar aravachasida harakatlanadigan do‘sti boshqa bolalar bilan mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun maktabda pandus o‘rnatilishiga muhtoj ekanligidan tashvishlanmoqda.

Yoshlar o‘zlari uchun inson huquqlari qanchalik ahamyatli ekanligini va ularni qanday himoya qilish kerakligini tushunishlari juda muhim.

Prezident BMT ning Bosh Assambleyasidagi nutqida qayd etganidek, yoshlar jamiyatning rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘sha olishini va salbiy ta’sirlardan saqlanishini istasak, biz ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishimiz kerak.

 

Yoshlar bilan muloqotimiz ularning mamlakat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan ishonchini va hayotlarida inson huquqlari bo‘yicha institutlarning ahamiyatini belgilaydi.

Biz ushbu anjumanni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, BMT Taraqqiyot dasturining Istanbuldagi mintaqaviy markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari kanselyariysi, F.Ebert nomidagi jamg‘arma va BMTning O‘zbekistondagi guruhi bilan hamkorlikda o‘tkazishdan mamnunmiz.

O‘zbekiston 2017 yilda inson huquqlari nuqtai nazaridan muhim rol o‘ynadi.

Prezident Mirziyoyev uni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qildi, fevral oyida esa mamlakat hukumati besh yilga mo‘ljallangan, inson huquqlari mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan Harakatlar strategiyasini tasdiqladi.

Shuningdek bu yil O‘zbekistonga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda BMT ning dinlar va e’tiqodlar erkinligi masalasi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi tashrif buyurganligi alohida e’tiborga sazovor.

Shuningdek, O‘zbekistonga IXOKB Mintaqaviy ofisining bir necha missiyasi tashrif buyurdi; hukumat va tashkilotlar o‘rtasida, shu jumladan Human Rights Watch va milliy guruhlar o‘rtasidagi muloqotlar mustahkamlandi.

BMT ushbu muhim o‘zgarishlarni yuqori baholaydi.

Shuningdek, hukumatning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlari Parlament va Prezident tomonidan tasdiqlangan harakatlar dasturida o‘z ifodasini topganligidan xursandmiz.

Ushbu majburiyalarning amalga oshirilishi uchun hukumatning Harakatlar Strategiyasiga muvofiq va xalq manfaatlari maqsadini ko‘zlab, inson huquqlari O‘zbekiston fuqarolariga xizmat qilayotgan barcha mansabdor shaxslari ishida asosiy mezonga aylanishi zarur.

Odamlar o‘z huquqlar va erkinliklaridan foydalanishlari kerak.

Ushbu ajralmas huquqlar va erkinlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotnining barcha jabhalarida, islohotlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan birga ta’minlanishi va himoyalanishi lozim.

Bunga erishish uchun quyidagilarni ta’minlashimiz zarur:

- Birinchidan, hech kim e’tiborsiz qolmagani va inson qadri poymol etilmaganligiga ishonch hosil qilgan holdagiga davlat siyosatini ishlab chiqish;

- Ikkinchidan, ushbu siyosatni oshkora, inklyuziv, keng ishtirok etishga oid yondashuvlarni qo‘llagan holda amalga oshirish.

- Uchinchidan, islhotlarning odamlarga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini monitoring qilish va baholash.

Bularning barchasi inson huquqlari sohasidagi taraqqiyotni va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar doirasida majburiyatlarni baholash imkonini beruvchi ko‘p qirrali ko‘rsatkichlar va ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni belgilaydi.

Bugungi anmujanning diqqat markazida ushbu ko‘rsatkichlarga ishlov berish va zarur ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash masalalari turibdi.

Eng yaxshi sifat va miqdor ma’lumotlariga ega bo‘lish insonning barqaror rivojlanishi va hech kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlash uchun zarurdir.

Sifatli statistik ma’lumotlar, shu jumladan mahalliy va sohaga oid ko‘rsatkichlarga ajratilgan holda nafaqat mamlakatdagi manfaatdor shaxslar uchun, balki xalqaro tashkilotlarga jadal o‘zgarishlar davrida o‘z ustuvorliklarini va tayanch nuqtalarini belgilash uchun zarurdir.

Inson huquqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va ma’lumotlarga konstruktiv e’tibor qaratish hukumatning Harakatlar strategiyasini; BMT va O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan Yo‘l xaritasini; Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun zarurdir.

Umid qilamanki, ushbu konferensiya inson huquqlari va erkinliklarini yanada samarali himoya qilish yo‘lidagi davomli va ayni paytda qiziqarli sayohatimizning debochasi bo‘ladi.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, barchani 10 dekabr kuni nishonlanadigan Xalqaro inson huquqlari kuni bilan tabriklamoqchiman.

Anjumanimiz qiziqarli g‘oyalar, qizg‘in munozalalar va noan’anaviy yechimlarga boy bo‘ladi, deb umid qilaman.

Rahmat.