BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi yuzasidan bildirgan fikri

Thu Sep 14 00:00:00 EDT 2017

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2017 yil 8 sentabr kunida O‘zbekiston Republikasi qabul qilgan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Mazkur Konsepsiyada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq samarali va shaffof davlat boshqaruvi tizimini barpo etishga qaratilgan islohotlar belgilangan bo‘lib, ular fuqarolar huquqi va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishga xizmat qiladi.

Ushbu Konsepsiyaning qabul qilinishi mamlakatning barcha pog‘onalarida ochiq va shaffof, samarali, ma’suliyatli,  barcha aholi qatlamlarini qamram oluvchi institutlarni yaratish sari qo‘yilgan muhim bir qadamdir. Konsepsiyaning amalga oshirilishi BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasidagi “Kun tartibi”ni, jumladan, 16-Barqaror taraqqiyot maqsadi, ya’ni “Tinchlik, adolat va kuchli institutlar”ga erishishga katta yordam beradi.

1993 yildan boshlab BMT O‘zbekiston Hukumatiga davlat xizmatlarini kor’satish hamda inson huquqlarini muhofaza qilish tizimlarini mustahkamlashda o‘z ko‘magini  berib keladi. Bizning yordamimiz xalqaro tajriba va bilimlarni olib kelish, shuningdek, yangi innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish, milliy hamkorlarimizga samarali boshqaruv sohasida aniq tahliliy ma’lumotlarga asoslangan siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha maslahat berish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, BMT Hukumat bilan hamkorlikda davlat xizmatini isloh qilish, “elektron hukumat” tizimini hayotga tadbiq etish, davlat xizmatlarini samarali ravishda ko‘rsatish, mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, hududlarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ham o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish sohasida o‘zining milliy va xalqaro hamkorlari bilan birgalikda Ma’muriy islohot konsepsiyasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyordir. Bizning faoliyatimiz har doimgidek BMTning O‘zbekistonga taraqqiyot maqsadlariga erishishga yordam berish bo‘yicha yalpi dasturi – YuNDAF asosida amalga oshiriladi. Xususan, birgalikda kelishilgan pirovard maqsadlardan biri, ya’ni 2020-yilgacha barcha insonlarning sifatli davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini kengaytirish maqsadida davlat boshqaruvi sifatini oshirishdir.

 

Toshkent, 2017 yil 14 sentabr