“Qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha xalqaro tajriba: huquqiy tartibga solinishi va amaliy jihatlari" mavzusidagi xalqaro davra suhbatida O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilining kirish so‘zi

Wed Jun 24 00:00:00 EDT 2015

Janob Zilyayev, xonim Ortiqova, janob Sabo!

Hurmatli ishtirokchilar!

Xonimlar va janoblar!

Men, O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi nomidan, iliq salomlarimni izhor etaman va Bosh prokuraturani ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida haqiqiy voqea bo‘lmish ushbu tadbirni tashkil etgani bilan tabriklayman.

Men O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezident ma’ruzasisidan kelib chiqqan xolda, eng avvalo, tadbirning ahamiyatini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ushbu ma’ruzada qonunchilikni kuchaytirishga, eng avvalo, qonunlarning sifati va ularni amalga oshirilishiga alohida urg‘u berilgan edi. Shuningdek, manfaatdor tomonlarning xabardorligini oshirish va qonunlar ijrosining samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilgan edi.

Buning barchasi ajoyib tarzda “huquq ustuvorligi” jarayonini - normativ bazaning sifatidan boshlab institutlar sifatigacha, ya’ni nizolarni hal qilishda samarali boshqaruv va adolat hamda aholining huquqlari bilan birgalikda o‘z majburiyatlari ham bilishini qamrab oladi.

Qonunlarning sifati hatsida gapiradigan bo‘lsak, bu borada bir qator texnik talablar mavjud bo‘lib, men xalqaro andozalar, jumladan inson huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid andozalar bilan uyg‘unlikning muhimligini ta’kidlab o‘tmoqchiman.

BMTning Bosh kotibi yaqinda Markaziy Osiyoga buyurgan tashrifi davomida ta’kidlaganidek, barqaror kelajakka qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, mustaqil sud tizimi, ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta’minlash, adolatli jamiyat yaratish hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali erishish mumkin”.

Demak, huquq ustuvorligi milliy taraqqiyot va xalqaro andozalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini asosi desak bo‘ladi.

2015 yil taraqqiyot borasida muhim yil bo‘lib, bu yili tarraqiyotning yangi chegaralari, Barqaror taraqqiyot maqsadlari tasdiqlanadi. Ularning yangiligi shundan iboratki, barqaror taraqqiyot uchun tinch va inklyuziv jamiyatlarni rivojlantirish, odil sudlovni ta’minlash, barcha darajalarda samarali tegishli muassalar shakllantirishni ko‘zda tutgan 16-maqsadga muvofiq, ular qonun ustuvorligi va tegishlii muassalalar javobgarligiga asoslangan bo‘ladi.

Ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga qaratilgan Mingyillikning taraqqiyot maqsadlaridan yangi bosqichga o‘tish sifatida, Barqaror tarraqiyot maqsadlari boshqarish va qonun ustuvorligiga qaratilgan bo‘ladi.

Shu bois, Barqaror tarraqiyotning 16-chi maqsadining quyidagi holatlarini ta’kidlab o‘tmoqchiman:

- Barcha darajada samarali, ma’sul, ochiq institutlar ishlab chiqish;

- Jamoatchilik uchun axborot ochiqligii va asosiy erkinliklarini himoyasini taminlab berish, milliy qonunchilik va xalqaro shartnolarga binoan;

- Barqaror tarraqiyot sohasida kamsitishga qaratilmagan qonunlarni rag‘batlantirish va bajarilishini ta’minlash.

Xabardorlikni oshirishning ahamiyati.

Xabardorlikni oshirishning ahamiyati qonunlarni xulq-atvorni o‘zgartirish vazifisini ta’minlash uchun muhim. Fuqarolarning nuqtai nazaridan, xabardorlikni oshirish odamlar uchun yuridik muammolar va nizolarni oldini olish imkoniyatini bildiradi. Ular erta preventiv choralar ko‘rishi mumkin, ya’ni muammoning jiddiylashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, huquqiy targ‘ibotning profilaktik vazifasi muhim ahamiyatga ega. Xabardorlikni oshirish inson huquqlarini himoya qilishga va ular buzilganda tegishli choralar topishga yordam beradi. Biroq, yangi qonunlarni ishlab chiqishda va ular haqida xabardor qilish jarayonida aholining zaif qatlamlariga alohida e’tibor berish lozim.

Yangi qonunlarni qo‘llab-quvvatlashsa ancha yengil bo‘ladi. Shu bois manfaatdor tomonlar bilan konsultatsiyalar va jamoatchilikni xabardorligini oshirish qonun ijodkorligi jarayonidayoq muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va ishonch tug‘diradi. Men hukumatning normativ hujjatlarni ta’sirning baholash protsedurasi doirasida biznes sohasiga oid normativ hujjatlarni jamoatchilik bilan onlayn muhokamasi borasidagi harakatlarini qo‘llab quvvatlayman. Ushbu tajribani boshqa ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy va atrof-muhit muammolariga oid qonun loyihalarini muhokama qilishda ham qo‘llash lozim.

BMTTD manfaatdor tomonlarni va aholini xabardorligini oshirishga, jumladan milliy qonunchilik haqida ochiq ma’lumot ta’minlaydigan www.lex.uz onlayn huquqiy ma’lumotlar bazasini yaratishga, huquqiy targ‘ibot borasida katta rolga esha bo‘lishi mumkin viloyatlarda ilk bor yaratilgan hokimliklar axborot xizmatlarini tashkil qilishga ko‘mak ko‘rsatdi.

Hukumat tomonidan yaqinda imzolangan 2016-2020 yilga mo‘ljallangan yangi BMTning rivojlanish maqsadlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ko‘mak ko‘rsatishda asosiy tamoyillardan biri – mamlakatda samarali boshqarish va huquq ustuvorligini rivojlantirish hisoblanadi. Bu borada biz Bosh prokuratura va boshqa milliy hamkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga umid qilamiz.

Tadbir davomida barchamizga konstruktiv muhokama va tajriba va fikr almashuvini tilayman.

E’tiboringiz uchun tashakkur!