Helen Klark xonimning ma’ruzasi: “Butun dunyo yetakchilari uchun qiyin tanlov yili”

Thu Jan 22 00:00:00 EST 2015

Davos, Shveytsariya, 22 yanvar 2015 yil – “Ushbu yilda jahon yetakchilari dunyo taraqqiyotini inklyuziv, barqaror va farovon rivojlanish tomonga yo‘naltirish imkoniga ega”, - deb ta’kidladi har yili Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Umumjahon iqtisodiyot forumida Helen Klark, Birlashgan Millatlar Taraqqiyot dasturiningAdministratori.

“2015 yilda butun dunyodagi o‘zaro bog‘liq b‘olgan muammolarni har taraflama yechish imkonini boy bermasligimiz lozim, - deydi u, - Ushbu yilda butun dunyo taraqqiyotini belgilab berishi mumkin b‘olgan jarayonlarni kuzatmoqdamiz. Bunday jarayonlar yaqin kelajakda yana takrorlanishi amri mahol”.

U ushbu yilga rejalashtirilgan eng muhim masalalarga bag‘ishlangan to‘rtta xalqaro sammitlarni tilga oldi, xususan mart oyida Senday shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan Uchinchi Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalari bo‘yicha umumjahon konferentsiya; iyul oyida, Addis-Abeba shahrida bo‘lib o‘tadigan Uchinchi Rivojlanish maqsadlariga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro konferetsiya; sentyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha maxsus sammit. Mazkur sammit doirasida yangi rivojlanish maqsadlari belgilab olinishi rejalashtirilgan; dekabrda Parij shahrida tashkil etilishi kutilayotgan iqlim o‘zgarish masalalari bo‘yicha BMT konferentsiyasi. Mazkur konferentsiyada iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan yangi umumjahon kelishuvga erishish maqsad qilib qo‘yilgan.

“Xalqaro hamjamiyat ushbu yilda barcha ko‘rinishdagi qashshoqlikni bartaraf qilish, farovonlik, imkoniyatlar, huquqlardagi tengsizlikka barham berib, ijtimoiy ziddiyotlar va nohaqliklarning oldini olish hamda inklyuziv va barqaror taraqqiyot bel bog‘lash, farovon, kuchli jamiyat qurishga kelishib olishi muhimdir.”

U davom etdi: “Ushbu yilda Davosdagi yig‘ilishning markaziy mavzusi  xozirgi kunda kuzatilayotgan global o‘zgaruvchanlik, noaniqlik, tinchsizlik elementlari. Bugungi kunda biz duch kelayotgan muammolar inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Birgalikda bu muammolarni yechib, o‘z kelajagimizni yanada xavfsizroq, barqaror va odil jamiyat qurish imkoniga egamiz. Butun dunyo xalqlari jahonnig eng yetakchi shaxslari, rahbarlari o‘z aro kelishuvga erishib, kelajakdagi tinchlik va farovonlikni ta’minlashiga umid bog‘laydi.”

Ma’ruzasining yakuniga kelib, Klark xonim kuchli hukumat va faol fuqarolar eng muhim omillardan biri deb ta’kidladi.

“Butun dunyo 2015 yil davomida davom etib kelayotgan umumjahon muzokaralarni kuzatib, unga katta umidlar bog‘lamoqda. Dunyoning barcha mamlakatlari fuqorolari barqaror rivojlanish maqsadlari nimalardan iborat bo‘lishi kerak degan savolga birgalikda javob berishda faol ishtirok etmoqda, - dedi u, – Ular ushbu jarayondagi o‘z ishtirogini davom etishni hamda o‘z hukumatlariga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini istaydilar. Kuchli hukumat va faol fuqarolari bo‘lgan davlat eng baland cho‘qqilarni zabt etishga qodir. 2015 yil biz uchun o‘sha cho‘qqilarni zabt etadigan yilimiz bo‘lishi kerak”.