BMTning O`zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Prisnerning Yangi Yil tabrigi

Wed Dec 31 00:00:00 EST 2014

2014 yilning so‘nggi kunlari  o`tgan yilni sarhisob qilish  uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu  imkoniyatdan foydalanib, sizga o’z taasurotlarimni so’zlab bermoqchiman.

Birinchidan, aytish muhimki, BMT va O‘zbekiston hukumati uchun  hamkorlik  ushbu yil   juda samarali bo‘ldi.  Bir necha yillar  oldin aniqlangan yo’nalishlar bo`yicha  faoliyatlarimiz davom ettirildi. Bu dasturlar o`z ichiga  iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini ilgari surish, jamiyat farovonligi oshirish, atrof – muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv kabi yo’nalishlarni qamrab oldi.

Ushbu yil davomida biz ham 25 million AQSh dollar miqdorida subsidiyalarni ajratib, yaxshi natijalarga erishdik.

Joriy yilda bizning faoliyatimiz doirasiga ikkita yangi BMTning agentliklar qo`shildi,  jumladan Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) va Xalqaro mehnat tashkilotini (ILO). Bugun yurt taraqqiyoti yo‘lida 10ta BMT agentliklari o`z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Albatta, bizning hamkorlik Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida davom ettirilib, global taraqqiyot maqsadlari bo‘yicha hukumatga ko’mak bermoqda.

Doimiy hamkorligimiz o`z ichiga qamrab olgan sohalarga qo‘shimcha sifatida, so‘nggi oylar davomida kelgusi 5-yil mobaynida kelgusi dasturlarni aniqlash maqsadida davlat idoralari bilan rejalarni muhokama qildik.  Tez kunlarda 2016-2020 yillari uchun Doiraviy dasturni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz.

Fikrimcha, biz avvalo tanlagan yo‘nalishlar doirasida hamkorlikni samarali davom ettirishimiz zarur, shunday bo’lsa ham O‘zbekiston rivojlanmoqda, shuning uchun mamlakatni qo‘llab-quvvatlash jarayonida yangi yo‘nalishlarni tanlashni asosiy vazifa sifatida ilgari surmoqdamiz.

Ta`kidlash joizki, bu go‘zal mamlakatning mehmondo‘stligi meni doimo hayratga soladi.

Madaniyati, chiroyli tabiati, ayniqsa O‘zbekistonning mehmondo‘st xalqining menga ko`rsatgan e`tiboridan juda ham xursandman. Ikki yil Toshkentda yashash davrimda, bu shahar hayotimdagi maftunkor shaharlardan biri desam mubolag`a qilmagan bo’laman.

Biz bilan  birga faoliyat ko`rsatgan  hamkorlarga rahmat aytmoqchiman va BMT doimo  inson manfaatlari va ularning farovonligi yo’lida xizmat qilishini yana bir bor ta`kidlamoqchiman.

Yangi 2015 yilda men sizga va sizlarning oilalaringizga sog‘-salomatlik, va baxt-saodat tilayman!

Rahmat!

https://www.youtube.com/watch?v=GmUnUSBEJv0