Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Xalqaro Demokratiya kuni munosabati bilan yo‘llagan maktubi

Mon Sep 15 00:00:00 EDT 2014


Ushbu yili biz Xalqaro Demokratiya kunini nishonlar ekanmiz, bugungi dunyo ilgarigidan ko‘ra nihoyatda notinchligini anglaymiz. Ko‘plab mintaqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qadriyatlari, shu jumladan BMT Ustavida belgilangan asosiy huquq va erkinliklari turli sinovlardan o‘tkazilmoqda. 

Yaqinda sodir bo‘lgan zo‘rovonliklar biz ko‘p marotaba duch kelgan bir yagona haqiqatni yanada yaqqolroq qilib ko‘rsatdi, u ham bo‘lsa jamiyatda teng huquqlilik, adolat bo‘lmasa, hukumat esa o‘z xalqiga hisobdor va javobgar bo‘lmasa, hech qachon tinchlik, tenglik va umumiy taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Biz huquqlari toptalgan, ijtimoiy jihatdan ojiz bo‘lgan, ishsiz, umidsiz, chorasiz bo‘lib qolgan insonlarni qo‘llashimiz, ularning imkoniyatlarini kengaytirishimiz darkor. Ular o‘z kelajagini qurishda faol ishtirok etaolishini, o‘z fikrini ochiq ifodalashini ta’minlashimiz lozim.

Aynan shuning uchun ham, men ushbu maktubimni 2015 yildan keyingi davr mobaynida yetakchiing rol o‘ynaydigan, o‘z hayotini o‘zlari qurishga qodir insonlar – yoshlarga yo‘llamoqchiman. Bugungi kunda dunyo aholisining beshdan bir qismi 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan iborat. Insonlarning yoshlikdan kattalikka o‘tish davri hech qachon hozirgidek muammolar va shu bilan bir vaqtda imkoniyatlarga boy bo‘lmagan. Sizda hozir o‘zaro bog‘lanish, muloqot qilish imkoniyatlari cheksizdir, vaholanki 70 yil ilgari Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solingan vaqtida bunday imkoniyatlarni tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. Siz hozirda dolzarb bo‘lgan masalalar, xususan adolatsizlik, haq-huquqlarning siqilishi, kamsitilishi, inson huquqlarining poymol qilinishi, insonlararo nafratning kuchayishi, dunyo insonlarining birlashishi, jipslashishining muhimligi kabi masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish imkoniga egasiz. 

Insoniyat tarixidagi eng katta yoshlar ahliga murojaat qilib, ularni hozirgi kundagi dolzarb muammolarni tushunishi, ularni yechish yo‘lida sa’y-harakatlarini ayamaslikka da’vat qilaman. O‘z taqdiringizni o‘z qo‘lingizga olib, eng ezgu orzularingizni barcha insoniyat haqi ro‘yobga chiqarishga intiling. Yanada kuchliroq demokratik jamiyatni qurishda o‘z hissangizni qo‘shing. Kuch-qudratingizni birlashtirib, o‘z ijodiy salohiyatingizni barcha uchun odil va farovon hayotga boy kelajak yaratishga yo‘naltiring. Umumiy dunyomizni yorqinroq kelajak sari yetaklashda yordam bering. 

Ushbu Xalqaro Demokratiya kunida men barcha yoshlarni butun dunyo bo‘ylab demokratik, barcha insonlar uchun odil bo‘lgan jamiyat qurishda yetakchilik qilishiga da’vat etaman.