Toshkentda binolarning energiya samaradorligi sohasidagi qurilish qoidalari bo’yicha seminar o’tkazildi

15-July, 2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko’maklashib kelmoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston qishloq uy-joylari qurilish sectori jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, va bu o’z navbatida bu sektorni issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish tamoyillari asosida takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu maqsadga qishloq aholisi orasida energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyani joriy qilish yo’li bilan erishish mumkin.

2019 yil 28 iyun kuni Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Global Ekologik Jamg’arma tarafidan moliyalashtiriladigan "O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarida energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish" qo'shma loyihasi doirasida" Binolarning energiya samaradorligi sohasida qurilish qoidalari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Trening davomida binolarning energiya samaradorligini baholash bo'yicha eng yaxshi xalqaro tajribalar taqdim etildi.Binolarning energiya samaradorligini baholashning zamonaviy yondashuvlari, tuzilmalarning issiqlik himoyasi xususiyatlari va turli omillarning binolarning energiya iste'moliga ta'sirini baholash bo'yicha 25 dan ortiq mahalliy mutaxassislari, shu jumladan 10 nafar ayol (qurilish normalarini ishlab chiqucvhi mutaxassislar, me'morlar, dizaynerlar, muhandislar), jumladan me’morlar byurolari va loyiha tashkilotlari ("Qishloq qurilish loyiha” ToshuyjoyLITI, O’zshaharzo’zlik  LITI, Tashgiprogor ning hududiy bo'limlari va boshqalar) mutaxassislari o’z bilim va malakalarini oshirdilar.

Shuningdek, trening mashg'ulotlarida ishtirokchilar binoning energiya iste'molini baholash va binolarning energetik samaradorligini oshirish bo'yicha xalqaro eng yaxshi amaliyotlar haqida ma'lumot oldilar va binoning to’sib turuvchi konstruktsiyalari haroratini hisoblash dasturlari bilan ishlashda ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Trening davomida olingan bilimlar mutaxassislar tomonidan butun O'zbekiston bo'yicha energiya jihatidan samarador va kam uglerodli uylarni loyihalash uchun qo'llaniladi, bu respublika aholisining turmush sharoitini yaxshilashga olib keladi va uy-joy sektorini barqaror rivojlanish yo'llariga yo'naltiradi.