Qishloq ayollarining texnologik ehtiyojlarini baholash

11-June, 2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko’maklashib kelmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston qishloq uy-joylari qurilish sectori jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, va bu o’z navbatida bu sektorni issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish tamoyillari asosida takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu maqsadga qishloq aholisi orasida energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyani joriy qilish yo’li bilan erishish mumkin.

BMTTD/GEF va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko’maklashish" qo’shma loyihasi doirasida, 2019 yil 16-25 may kunlari Farg'ona viloyatining Qushtepa va Yazyovon tumanlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq va Taxtako'pir tumanlari, Qashqadaryo viloyatining G'uzor va Kasbiy tumanlari ayollari  bilan uchrashuvlar tashkil etildi va fokus-guruhlarda so'rovnomalar o'tkazildi.

Fokus-guruhlar bilan tadqiqotlar xotin-qizlarning energiya samarador texnologiyalarga bo'lgan talab va ehtiyojlarini o’rganish doirasida olib borilgan bo’lib, u qishloq joylardagi uy xo'jaliklarida energiyani tejaydigan ayrim texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Bu tavsiyalar energiya tejovchi texnologiyalar yordamida ayollar zimmasiga tushayotgan yukini yengillatish, uy yumushlariga sarflanadigan vaqtni tejash va isitish mavsumi davomida ayollar va ular oilalarining zaifligini kamaytirishga qaratiladi. Shuningdek, bu tavsiyalar energiyani tejovchi texnologiyalarni qo'llashning mumkin bo'lgan turlari va usullarini o'z ichiga qamrab olgan holda, bu uyda qulaylik yaratish va ayni paytda oila byudjetini tejash va shu bilan qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.

Fokus-guruhlar bilan uchrashishdan asosiy maqsad qishloq joylarida yashovchi ayollarning uy-joy va infratuzilmalarda energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalarni ishlatishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlashdan iborat. Jami turli ijtimoiy toifaga mansub 156 nafar ayol (maktab o'qituvchilari, bolalar bog'chasi xodimlari, tibbiyot xodimlari, fermerlar / tadbirkorlar, qishloq joylardagi uylar egalari, uy bekalari) o’rtasida uch viloyatda so’rovnomalar amalga oshirildi: Qoraqalpog'iston Respublikasida 50 nafar ayol, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar ayol va Farg'ona viloyatida 52 nafar ayol. So'rov natijalari asosida, qishloq joylarda ayollar tomonidan energiya tejamkor va kam ugledorli texnologiyalardan foydalanishga to'sqinlik qiluvchi omillar / cheklovlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar shakllantiriladi.

Ushbu tadbir Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlari xokimiyatlari, hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman xokimiyatlari va BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma Dasturi hayrihohligida amalga oshirildi.