OAV vakillari bilan oʻzaro samarali hamkorlikning omillari

29-April, 2019

Qoraqalpogʻistonning mahalliy boshqaruv organlari va OAV oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sifatini oshirish maqsadida 2019 yilning 17 aprel kuni “OAV vakillari bilan oʻzaro samarali hamkorlikning omillari” mavzusida bir kunlik trening oʻtkazildi. Mahalliy hokimiyat organlari va ommaviy axborot vositalarining 36 nafar vakillari ishtirokida oʻtgan uchrashuv BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi, BMTTDning “Qonun hujjatlari, normalar ishlab chiqishni modernizatsiyalashga koʻmak berish va SOVAZ/Faza 2” loyihasini amalga oshirish doirasida Senatning joylarda hokimiyatning vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi Komissiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joqargʻi Kenesi koʻmagida tashkil etildi.

Hududiy va tumanlar darajasidagi mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining amaliy imkoniyatlari va ishini samaradorligini oshirish boʻyicha  Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, dastur “Orol dengizi hududidagi davlat muassasalarining inklyuzivligi va hozirjavobligini kuchaytirish vositasida mahalliy rivojlanishga koʻmak berish” loyihasini boshqarmoqda. Bu yoʻnalishdagi ustuvorliklardan biri - davlat hokimiyati organlari va jamoatchilik institutlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda muhim boʻgʻin boʻlgan OAV vakillari bilan doimiy ish olib borishdan iboratdir. Ular aholining manfaatlarini aniqlash, ularni bezovta qilayotgan masalalarni hokimiyat eʼtiboriga yetkazish, jamoatchilik fikrini jamlash va shakllantirish, hukumatning harakatlari va maqsadlaridan boxabarlikni kuchaytirish imkoniga ega.

Trening davomida faoliyati mahalliy OAV vakillari bilan keng muloqotni olib borish bilan bogʻliq boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tuman, shahar va viloyat darajasidagi mahalliy xalq deputatlari Kengashlaridan kelgan ishtirokchilar uchun jurnalistlar bilan ishlashning zamonaviy uslublari va yondashuvlarini taqdimoti oʻtkazildi. Trening 8ta sessiyadan iborat boʻldi, ular axborotni taqdim etishning muhim usullari, intervyu yoki jamoat oldida chiqishga tayyorgarlik, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni yaratish va ularni olib borish kabi nazariy jihatlarni  qamrab oldi. Amaliy mashgʻulotlar davomida, instsenirovkalar koʻrinishida, ishtirokchilarga axborot materiallarini mustaqil tayyorlash, matbuot anjumanlari, videokonferensiyalar, brifinglar, davra suhbatlari, taqdimotlar va press-turlarni tashkil etish vazifasi qoʻyilgan edi.

Treningning amaliy qismi axborot xizmatining ishlarida qanday muammolarga duch kelishimiz mumkinligini koʻrsatdi. Oʻylaymanki, endi biz hatto matbuot anjumanida yoki brifing paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng kutilmagan holatlarga ham tayyormiz. Shaxsan men uchun foydali maʼlumotlar koʻp boʻldi, bundan tashqari, olingan bilimlar ommaviy axborot vositalari bilan muloqotni yaxshilashga yordam beradi, - deydi Moʻynoq tumani hokimiyatidan trening ishtirokchisi Zohida Kaljanova.

Qayd etish joizki, seminar-trening dasturi oʻtkazilgan soʻrovnomalar va mahalliy Respublikaning Kengashlari va hokimiyat organlarining qator tumanlarda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlari jarayonini oʻrganish natijalari asosida ishlab chiqildi. Bir kunlik interfaol trening jurnalistlar bilan ishlashdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va mahalliy OAVlar bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirishga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgandir.