Farg‘ona vodiysi – O‘zbekistonda rivojlanish sohasidagi samarador loyihalar go‘shasi

Wed Jan 17 00:00:00 EST 2018

1993 yildan beri BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning turli rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Mazkur sohadagi ishlarning talaygina qismi aynan Farg‘ona vodiysidaamalga oshirilyapti. 2018 yil 16-17 yanvar kunlari BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga tashrif buyurib, joylarda BMTTD tomonidan milliy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan turlicha loyihalarning natijalari bilan tanishdi.

Elektron sud tizimi

Farg‘ona tumanlararo fuqarolik sudi o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Quvonarlisi, bu sud tizimidagi yagona holat emas. Chunki 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlardagi fuqarolik ishlari bo‘yicha qolgan 74ta sudlarida ham E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi ishga tushirildi.

2017 yil oktabr oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona vodiysidagi o‘n beshta sudlarni E-SUD tizimiga ulash maqsadida umumiy qiymati 60 ming AQSh dollarni tashkil etgan zamonaviy kompyuter uskunalari ushbu sudlarda o‘rnatildi. Shu bilan birga, 130 nafardan ko‘proq mutaxassislar tizimidan foydalanishni o‘rgatishga bag‘ishlangan treninglarda o‘z bilim va malakalarini oshirishdi. Natijada 2017 yil oktabr oyidan buyon E-SUD tizimidan Farg‘ona vodiysidagi barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda samarali foydalanilmoqda.

“Ma’muriy jihatdan olib qaraganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ish jarayonini tezlashtirish va samaradorlikni yanada oshirish imkonini beradi. Aholi og‘irini yengillashtirishga qaratilgan bunday texnologiyalar fuqarolarimizning ehtiyojlarini yanada yaxshiroq anglab yetishimizga xizmat qiladi”, - deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha Far‘ona tumanlararo sudi sudyasi Elyorjon Ismoilov.

“2017 yilning oktabr oyidan beri E-SUD orqali bizning sudga 5610 ta ariza kelib tushgani tizimga aholi, tadbirkorlar va advokatlar tomonidan o‘sib borayotgan qiziqishdan dalolat beradi. E’tiborlisi shundaki, 2017 yilning ilk uchta choragi davomida 56 ta ariza qonunlarda belgilangan talablarni kamchilik va xatolar bilan bajarilganligi tufayli sudimiz tomonidan rad etilgan bo‘lsa, E-SUD tizimi ishga tushirilgandan so‘ng, ya’ni 2017 yilning to‘rtinchi choragida bu ko‘rsatkich nolga tushirildi”, deya fikrini yakunladi E.Ismoilov.

Freyzer xonim fuqarolik ishlari bo‘yicha Far‘ona tumanlararo sudiga tashrifi chog‘ida E-SUD tizimining muvvafaqiyatli ishlashini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ya’ni “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida sudda o‘rnatilgan zamonaviy kompyuter uskunalari hamda o‘tkazilgan treninglar natijalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, u Farg‘ona shahrida E-SUDdan foydalnish bo‘yicha o‘tkazilgan treninglarda qatnashgan 60 nafar mutaxassislardan biri – advokat Zilola Axunova bilan suhbatlashdi.

“E-SUD tizimining joriy etilishi natijasida ko‘p jabhalarda tejamkorlik va samaradorlik sezilarli darajada oshdi. Xususan, qog‘ozdan foydalanish keskin ravishda qisqardi, sud binolarida fuqarolaning navbatni kutish bilan bog‘liq holati bartaraf etildi, arxiv hujjatlarni saqlash uchun umuman hojat qolmadi hamda umumiy xizmat ko‘rsatish darajasi yanada oshdi. Tizim aholining odil sudlovga erishish darajasini kuchaytirish va shaffoflikni ta’minlash, elektron hujjatlar almashinuvini rivojlantirish, fuqarolarning huquqiy ongini o‘stirish kabi maqsadlarga xizmat qilmoqda. Aytish joizki, E-SUD tufayli men fuqaralorga advokatlik xizmatlarim uchun belgilangan narxni 10 foizgacha tushirishga erishdim”, deya ta’kidladi Z.Axunova.

Biogaz energiyasi

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish borasida hali unchalik foydalanilmayotgan salmoqligina salohiyatga egadir. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan yillik biogaz ishlab chiqarish salohiyati 8,9 milliard kubometrdan osharkan. Kaloriya qiymatida bu 6,5 milliard kubometr gazga teng bo‘lib, O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talabning 10 foizidan ortig‘ini qoplashga yetarli.

BMTTD tomonidan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy yordamida va O‘zbekiston Respublikasining Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik doirasida biogaz energiyasini hayotga tatbiq qilishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bunday tashabbuslar ko‘p hollarda tanqis bo‘lgan tabiiy gazning o‘rniga yangilanuvchi biogaz energiyasidan foydalanishni ilgari surib, energiyaviy mustaqillik, atrof-muhitni muhofaza qilish, O‘zbekiston fuqarolarining turmush darajasini oshirishni ko‘zda tutadi.

Freyzer xonim Andijondagi “Davron Agrosanoat” korxonasiga ham tashrif buyurdi. Mazkur korxonaga BMTTD 2016 yilda 400 kubometr biogaz ishlab chiqarish qudratiga ega bo‘lgan maxsus uskunani o‘rnatishda yordam bergan. Hozirda maskur uskuna viloyatda eng katta biogaz ishlab chiqarish uskunasi bo‘lib, mazkur xo‘jalikning asoschilaridan biri bo‘lmish Ulug‘bek Nosirovning aytishicha, “Ushbu uskunaning afzalliklaridan biri – xojalikning ozida mavjud bolgan xom ashyo, xususan, chorvachilik chiqindilaridan foydalanib, undan ekinlar uchun ogit ishlab chiqarish mumkin. Bundan tashqari, uskuna yordamida energiya ishlab chiqarish ham mumkin”.

2016-2017 yillardagi qish mavsumida mazkur biogaz ishlab chiqaruvchi uskunaning qudrati ikki karra oshirilib, uning yordamida 10 ta yangi ish joyi yaratildi va yanada sifatliroq o‘g ‘itlarni qo‘llash evaziga meva-sabzavotlarning hosildorligi 2017 yilgi mavsumda 4 foizga oshdi.

BMTTD o‘z loyihalari doirasida O‘zbekiston Hukumatiga muqobil, yangilanuvchi energiya manbalarini amalga tatbiq qilishga doir strategiya va rejalarni tuzishda yaqindan yordam berib kelmoqda. Jumladan, BMTTD 2013 yilda ta’sis etilgan biogaz uskunalarga qo‘yiladigan texnik talab va standartlarni ishlab chiqishda o‘z yordamini berdi.

O‘zbekiston hududlarida aholini ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish

O‘zbekistonda har yili qariyb yarim million yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi bois, ularni ish bilan ta’minlash masalasi dolzarbdir.Tahlillarga ko‘ra, ayollarning mehnat bozoridagi ulushi nihoyatda kichikdir. Davlat Statistika qo‘mitasining 2013 yil uchun yig‘ilgan ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan erkaklarning mehnat bozoridagi ulushi 74,5 foiz bo‘lsa, ayollarning ulushi – 66,3 foizni tashkil etgan.[1] Shunday qilib, BMTTD mamlakat hududlarida inklyuziv biznes modellarini ilgari surib,yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordamlashish, bunda alohida e’tiborni xotin-qizlarning, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratib kelmoqda.

[1]UNDAFUzbekistan 2016-2020

i) Namanganda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlab, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

2015 yilda “Imron Textile Group” korxonasi kichik bir sex bo‘lib, unda atigi uch nafar ayol ishlardi. Biroq, BMTTDning moliyaviy va texnik yordamida ushbu korxona o‘zining ishlab chiqarish hajmlarini oshirib, hozirda 70 nafar ayolni ish, munosib mehnat qilish imkoni bilan ta’minlagan.

“BMTTD bizga zamonaviy va energiyani tejovchi uskuna va jihozlarni xarid qilishga yordam berdi”, deydi “Imron Textile Group” korxonasining rahbari  Islombek Qutfitdinov,. “Biz, shuningdek, onlab yangi ishchilarni ishga qabul qilib, ularga tikish-bichishning sir-asrorlarini orgatdik, biznes reja tuzish, marketing va mahsulotlarni sotish borasidagi konikmalarni berdik”.

2015 yilda “Imron Textile Group”ning ishlab chiqarish hajmi 73 foizga oshib, eksport qiymati 38000 AQSh dollaridan 2017 yilda 500000 AQSh dollaridan oshdi. “Imron Textile Group” o‘z binosi, mexanik infratuzilmasi va ishlab chiqarish hajmini yanada yanada oshirib, jami ish o‘rinlarini 300 taga, eksport hajmini esa uch baravarga oshirishga intilmoqda.


i) Qo‘l ishi usullaridan kompyuter yordamida tuziladigan dizaynga o‘tish

2016 yilda BMTTD O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Namangan shahrida “Kiyim dizayni markazi”ni yaratishda o‘z hissasini qo‘shdi. Mazkur markazda hozirda kasb-hunar kelleji bitiruvchilari, ayniqsa, xotin-qizlarga dizayn, tikish-bichish sohasida amaliy bilim va ko‘nikmalar berilib, ular ish bilan ta’minlanadi va ularning turmush darajasini yaxshilashga yaqindan yordam ko‘rsatiladi. Markaz tashkil etilganidan beri, unda 48 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi tahsil olib, ularning 22 nafari kiyim dizayni va modellash borasidagi bilimlarini yaxshilagan bo‘lsa, 8 nafari “Istiqlol Dizayn Markazi” bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarda ish bilan ta‘minlandi.

BMTTD ushbu markazni eng zamonaviy “CAD” (computer-aided design – ya’ni kompyuter yordamida dizayn tuzish) dasturi, 3D modellash vositalari, xarajat va qiymatlarni hisoblash modellari, hamda kompyuter va serverlar bilan ta’minlagani bois, markazda tahsil oluvchilar hozirda kompyuterda turli kiyimlarni modellash, yangi bichim va kiyimlarni yaratish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rishi, yaxshilashi mumkin. Mazkur “CAD” dasturini amalga tatbiq qilish orqali beso‘naqay, og‘ir, ko‘p vaqt talab qiladigan ishning o‘rniga, tahsil oluvchilar endilikda o‘zlarining ijodiy salohiyati, unumdorligi va hunarlarini yanada takomillashtirishga erishdi.

Qolaversa, mazkur markaz Namangan viloyatining to‘qimachilik sohasidagi brendini yaratish, uni targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, uning to‘qimachilik mahsulotlari sifatini yaxshilash, eksport hajmlarini oshirish, hamda yoshlarni, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini yechishdagi xizmati beqiyosdir.

Suvdan foydalanish va suv boshqaruvini takomillashtirishni ta’minlash

Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda suv resurslarini samarali boshqarish, yetkazib berish, taqsimlash va ulardan foydalanish tizimining quyi darajada ekanligini ta’kidlash joizdir. Ko‘plab suv yo‘qotilishining (30% -40% gacha) asosiy sabablari o‘z ichiga sug‘orish infratuzilmalar holatining yaxshi emasligini, jumladan, suv taqsimlash va o‘lchash tuzilmalari holatining yaxshi emasligini, Suv iste’molchilari uyushmalarida transport va mobil suv o‘lchash vositalarining yetishmasligini; SIU mutaxassislariga suvni yetkazib berish bo‘yicha yanada sifatli xizmatlarni ko‘rsatishlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarning zarurligini oladi. Yuqorida keltirilgan muammolarni va mamlakat aholisining sonini hisobga olgan holda, hozirgi vaqtda suv resurslarini samarali boshqarishni takomillashtirish va suvning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda yo‘qotilishini kamaytirish maqsadga muvofiqdir, chunki suv har doim ham o‘rta va quyi darajada joylashgan suv iste’molchilariga yetib boravermaydi va buning natijasida esa, fermer xo‘jaliklarining hosildorligi va daromadlari kamayaveradi.

2017 yilda fermerlar va qishloq hududlaridagi 24,875 nafar aholi uchun suv resurslari ta’minotini kengaytirish maqsadida “Zarmirob-Turg‘unboy” Suv iste’molchilari uyushmasining moddiy-texnika bazasi uning binosini ta’mirlash va ish sharoiti, suv hisoboti va nazoratini yaxshilashga qaratilgan transport vositalari (mototransport va 5 velosipedlar), mobil suv o‘lchovchi qurilmalar bilan uni ta’minlash orqali mustahkamlandi. Natijada 67 fermer va 4272 uy xo‘jaligi egalari ushbu faoliyatdan bevosita foyda ko‘rdilar.

Shu bilan birga, 2800 gektarga xizmat ko‘rsatuvchi Toshloq tumanidagi “Zarkent” kanalida ham qayta ta’mirlash ishlari olib borildi hamda yaqin kelajakda 3 ta ajratuvchi tuzilmaning va bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha kanalning qurilishi rejalashtirilgan. Bu 17 nafar fermer va 3605 uy xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlanishni yaxshilashga yordam beradi va kanaldagi suv yo‘qotilishini kamaytiradi, buning natijasida esa 21,830 nafar aholi foyda ko‘radi.

Quva tumanidagi “Musojon Ismoilov” Suv iste’molchilari uyushmasi hududida qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, buning natijasida esa, 5014 uy xo‘jaliklari egalari, shu bilan birga, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadilar. Fermerlar va qishloq aholisini suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni yaxshilash maqsadida uyushma AKT va mebel bilan, mototransport vositasi va 5 ta velosiped bilan, shuningdek, mobil suv o‘lchovchi qurilmalar bilan jihozlandi. Buning natijasida esa, 25,020 nafar aholi foyda ko‘rdi.

[1] UNDAF Uzbekistan 2016-2020