Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTD elektron hukumat sohasini birgalikda rivojlantirishadi

Tue Oct 17 00:00:00 EDT 2017

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTD  tomonidan ishga tushirilgan loyiha  maqsadi – jamiyat va iqtisodiyot jarayonlari oʻzgarishini jadallashtirish, hamda fuqarolar ehtiyojlariga muvofiq boʻlgan sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish uchun, davlat boshqaruvi va raqamlashtirish sohalaridagi islohotlarga yordam berish.

Davlat boshqaruvini isloh qilish boʻyicha hamkorlikdagi ushbu loyiha faoliyati 2017-yilning oktyabr   va  2020-yilning dekabr oyigacha davom etadi. Loyiha byudjetining umumiy hajmi 1 mln. 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Hamkorlikdagi loyihaning asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • Samarali davlat boshqaruvi va electron hukumat sohalarida isloh qilishning axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlanishi.
  • Huquqiy axborot va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxhilash.
  • AT, muhandislik fanlari va electron hukumat sohalaridagi milliy salohiyatni rivojlantirish.

Ushbu yo‘nalishlarni amalga oshirish doirasida: davlat boshqaruvini isloh qilishning axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlanishi; samarali davlat boshqaruvi Markazi (DBM)ning institutsional qo‘llab-quvvatlanishi; davlat boshqaruvi va elektron hukumat sohalarida Vazirlik IT-sohasining salohiyatining mustahkamlanishi.

Loyihada Lex.uz huquqiy axborot portalining takomillashtirilishi; «O‘zarxiv» agentligi korporativ-axborotlashtirish tizimining yaratilishi; elektron xizmat va murojaatlar statistikasini yig‘ish hamda tahlil etililishining takomillashtirilishi ko'zda tutilgan.

Loyihaning aniq, muhandislik va AT bilan bog‘liq fanlarga qiziqishni rag‘batlantirish; AT va elektron hukumat sohalaridagi milliy kadrlar salohiyatining mustahkamlanishi, shuningdek, AT sohasidagi yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlar eksportining qo‘llab-quvvatlanishi yuzasidan chora-tadbirlar rejalashtirilgan.

Hamkorlikdagi mazkur loyihaning faoliyati jarayonidagi turli tadbirlarga «Elektron hukumat»ni rivojlantirish tizimi Markazi, Toshkentdagi INHA universiteti, Mirzo Ulugʻbek Innovatsion Markazi kabi milliy hamkorlar bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqi Vakillari, Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, KOICA, YeXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari Koordinatori va boshqalar jalb etiladi.