Helena Freyzer, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili va Olivye Shav, Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurishdi

Sat Oct 14 00:00:00 EDT 2017

12-14-oktabr kunlari Helena Freyzer, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili va Olivye Shav, Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Orolbo'yi hududning hozirgi ahvoli, hukumatning ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha olib borayotgan sa’y-harakatlari, iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, hamda BMTning mamlakatni shimoliy hududidagi faoliyati bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif BMTning inson xavfsizligi boʻyicha Maqsadli fondining moliyaviy koʻmagi orqali moliyalashtirilayotgan “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi tomonidan tashkil etildi.

13-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashida qator rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilib, ular hududning shu kundagi ahvoli, hamkorlik natijalari va istiqbollari haqida umumiy tasavvur olish, hamda Orolboʻyi hududida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarga koʻmak berish boʻyicha sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

“Orol dengizi fojeasi natijasida aziyat chekkan odamlarga yordam koʻrsatish uchun barcha hamkorlarning, ham hukumat, ham xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan saʻy-harakatlari zarur ekanligini barchamiz tushunamiz. Shu munosabat bilan, Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilayotgan BMTning Qoʻshma dasturi Orol dengizi hududi uchun Davlat dasturida belgilangan ustuvorliklarni aks ettirayotgani va toʻldirayotgani muhimdir”, - deya ta’kidladi Helena Freyzer.

2017-yilning 18-yanvar kuni qabul qilingan 2017-2021-yillarda Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, Orolboʻyi hududidagi aholining turmush sharoitini yaxshilash, Orol dengizining ekologik fojeasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuasini bajarishga qaratilgan. Shu oʻrinda Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashda donor hamjamiyatini muvofiqlashtirilgan ishtiroki orqali aholining turmush barqarorligi salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan, rejalashtirilayotgan inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik maqsadli fondini alohida oʻrni taʻkidlandi.

Delegatsiya, shuningdek, BMTning Qoʻshma dasturi va iqlim oʻzgarishi haqidagi BMTning doiraviy konventsiyasi Adaptatsiya fondining moliyaviy koʻmagida BMT Tarakkiyot dasturi tomonidan Nukus va Moʻynoqda amalga oshirilgan baʻzi namunaviy obyektlarga ham tashrif buyurdi. Shu jumladan, Toshkent Davlat Agrar universitetining Nukus filiali huzuridagi asosiy vazifasi xoʻjaliklari Qoraqalpogʻistonning qurgʻoqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqonlarga axborot koʻmagini koʻrsatish boʻlgan Maslahat–axborot markazida, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, aviatashuvlar va yer usti transporti sohasida keng qoʻllaniladigan aniq ma’lumotlarni toʻxtovsiz taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyada ham boʻlishdi. Daromad manbalarini shakillantirishga yoʻnaltirilgan obyektlar ham tashrif dasturidan oʻrin oldi – bular Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi koʻmagida ishga tushirilgan hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha markaz va Qoraqalpogʻiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda ochilgan tikuv qorhonasi.

Moʻynoqda Helena Freyzer va Olivye Shav tikuv va suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha kichik qorxonalar , kompyuter xizmatlarini koʻrsatish markazi va mahalliy aholiga toʻla qonli va yuqori sifatli tibbiy koʻmak koʻrsatish imkonini beruvchi quyosh panellari oʻrnatilgan “Orol” qishloq vrachlik punktiga ham tashrif buyurishdi.

Quyi Amudaryo havzasining irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga safar dasturning eng muhim tashriflaridan biri boʻldi. Bu erda Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik boʻyicha Agentligini moliyaviy koʻmagida suv resurslaridan foydalanish samarasini oshirishga yoʻnaltirilgan BMT Qoʻshma dasturining loyihasi amalga oshirilmoqda. Xelena Freyzer va Olive Shav, mazkur boshqarmaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, hamkorlik loyihasi doirasida olingan ofis uskunalari va texnika vositalarini topshirdilar.